Jamiyat

FVV: 5 oy ichida yongʻin oqibatida 48 kishi halok boʻldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishPojar na sklade, arxivnoye foto
Pojar na sklade, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Aksariyat hollarda aholi yashash joylaridagi yongʻinlar maishiy konditsioner va muzlatkichlardan hamda tozalanmagan quruq oʻtlarning yonishidan kelib chiqqan.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. 2022 yilning dastlabki 5 oyida Oʻzbekistonda 3 449 ta yongʻin yuz berdi. Oqibatda 82 kishi tan jarohati oldi, 48 kishi esa halok boʻldi. Bu haqda AOKAda oʻtgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Oʻlmas Muzaffarov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, oʻtgan 5 oy davrida respublikada yuz bergan yongʻinlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 567 taga (2021 yil 5 oyda 4 016 ta, 2022 yil 5 oyda 3 449 ta), tan jarohati olganlar soni 26 nafarga (2021 yil 5 oyda 108 ta, 2022 yil 5 oyda 82 ta), halok boʻlganlar esa 8 nafar (2021 yil 5 oyda 54 ta, 2022 yil 5 oyda 48 ta)ga kamaygan.
Muzaffarovga koʻra, kunlarning keskin isib ketishi evaziga yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinmaslik oqibatida yuz berayotgan yongʻinlar tashvishli hisoblanmoqda. May oyi va iyun oyining birinchi oʻn kunligida yongʻinlar bilan bogʻliq vaziyat faollashgan. Ushbu davrda sodir boʻlgan yongʻinlar 981 tani tashkil etib, 106 tasi qurigan oʻsimliklarning yonishi, 665 tasi aholi turar joylari va 210 tasi boshqa obʼyektlarga toʻgʻri kelgan.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, aksariyat hollarda aholi yashash joylaridagi yongʻinlar maishiy konditsioner va muzlatkichlardan hamda tozalanmagan quruq oʻtlarning yonishidan kelib chiqayotgani maʼlum boʻlgan.
Bunday jazirama paytlarda inson uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, havoni salqinlatuvchi turli elektr qurilmalardan, ayniqsa, konditsionerlardan foydalanishi darajasi ortishi tabiiy. Biroq, konditsionerdan uzoq muddat qarovsiz foydalanish, elektr taʼminoti qoidalariga rioya etmaslik, bitta elektr isteʼmolchi uchun moʻljallangan elektr toki manbalariga katta quvvatga ega bir-nechta isteʼmolchilarning ulanishi, elektr kabellarning qizishi va oqibatida manfiy va musbat simlarning qisqa tutashuviga olib kelib, yongʻin chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Shu sababli, har bir maishiy texnikaning sozboʻlishi, uning xizmat koʻrsatish muddati va uzoq vaqt davomida nazoratsiz qoldirilmask muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, kunlarning keskin isib ketishi munosabati bilan, korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar oʻz hududlarini qurigan oʻsimliklardan tozalashlari, ularni yoqmasliklari lozim.
Bundan tashqari, yonuvchan gaz, neft, neft mahsulotlari va shu kabi portlab-yonish xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan moddalar hamda materiallarni qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishga moʻljallangan obʼyekt rahbarlari tomonidan:
yer ustida joylashgan sigʻimlarning sirtini quyosh nurini qaytaruvchi boʻyoqlar bilan boʻyalganligi;
nafas olish klapanlarining sozligi;
portlashdan xavfli yer ustidagi jihozlarga tutash maydonlarning qurigan oʻsimliklardan tozalanganligi;
korxonalar hududida chekish va ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash boʻyicha qatʼiy rejim oʻrnatilganligi;
yetarli miqdorda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlanganligi;
yongʻinga qarshi suv taʼminotining hamda yongʻin oʻchirish texnikalarining (motopompa, yongʻin oʻchirish avtomobillari) doimo soz holatda boʻlishining taʼminlanganligiga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Yangiliklar lentasi
0