Iqtisod

Kichik tadbirkorlarga bir qator moliyaviy yordam koʻrsatiladi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlarga bir qator moliyaviy yordamlar koʻrsatilishi belgilandi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordamlar koʻrsatiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonda belgilangan.
Farmonga koʻra, 2022 yil 1 iyuldan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:
kichik tadbirkorlik subʼyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;
2025 yil 1 yanvargacha olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subʼyektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.
Jamgʻarma kichik tadbirkorlik subʼyektlariga kompensatsiya va kafillik banklarning faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beradi.
Moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamgʻarmaga takroran murojaat qilishga haqli boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0