Jamiyat

Davlat organlari va tashkilotlarning ochiqlik darajasi indikatorlar asosida baholanadi

© PixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ochiqlik darajasi eng yuqori deb topilganlar ragʻbatlantiriladi, salbiy boʻlganlar esa javobgarlikka tortilishi mumkin.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Endilikda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasi 8 ta indikator asosida baholab boriladi. Bu boʻyicha prezident farmoni imzolandi.
Idekatorlar:
1.
Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlar faoliyatining samaradorligi;
2.
Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari koʻrsatish holati;
3.
Ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan axborot resurslarida eʼlon qilish va jamoatchilik oldida hisobdorlik tizimining yoʻlga qoʻyilishi;
4.
Byudjet jarayonining ochiqligini taʼminlashga oid maʼlumotlarning rasmiy veb-saytda joylashtirilishi;
5.
Ochiq maʼlumotlar portalida maʼlumotlar joylashtirilishi;
6.
Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi;
7.
Korruptsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda ochiqlik tamoyillaridan foydalanish holati;
8.
Jamoatchilik kengashi faoliyatining samaradorligi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi har yil yakuni boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksini shakllantirib boradi. Maʼlumotlar “eanticor.uz” elektron platformasi va ommaviy axborot vositalari orqali ochiq eʼlon qilinadi.
Ochiqlik darajasi “0” balldan “100” ballgacha reytingda baholanib quyidagi toifalarga ajratiladi:
71 balldan 100 ballgacha – “yashil”
55 balldan 71 ballgacha — “sariq”
55 balldan past — “qizil”
Ochiqlik darajasi eng yuqori deb topilgan davlat organi yoki tashkilotining sohaga masʼul xodimlarini ragʻbatlantirish, aksincha, salbiy boʻlganlarini qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalasi hal etiladi.
Agentlikka ochiqlikni taʼminlash borasida qoʻshimcha huquqlar berildi.
Unga koʻra:
davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga ochiqlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirish eʼlon qilish;
ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish;
rasmiy veb-sayt va boshqa axborot resurslarida eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib olish haqida soʻrovnoma yuborish.
Eslatib oʻtamiz, Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisida davlat organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi tuzatishlar maʼqullagandi.
Unga koʻra, qonunchilikni buzganlarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha maʼmuriy jarima qoʻllanilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0