Jamiyat

Magistraturaga kirish tartibi oʻzgardi - prezident qarori

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishStudentы, illyustrativnoye foto
Studentы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Yangi oʻquv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga kirish tartibi oʻzgardi. Bu haqida “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi prezident qarorda nazarda tutilgan.

Baklavriat:

oliy taʼlim muassasalariga qabul 20 iyundan boshlanadi;
qabul qilishda davlat buyurtmasi parametrlari prezident farmoyishiga koʻra tasdiqlanadi;
davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti boʻyicha tasdiqlanadi;
OTMga imtihonsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlganlar - qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi;
bakalavriat yoʻnalishlarida masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi;
talabaga oʻqishini koʻchirishga faqat ikki holatda ruxsat beriladi: turmush qurib boshqa hududga koʻchganda yoki davlat xodimining ish joyi oʻzgarishi munosabati bilan.

Magistratura:

magistraturaga qabul qilishda bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi, hamda xorijiy tilni bilish haqidagi sertifikat asosida amalga oshiriladi. Mutaxassislik fanidan imtihon oʻtkazilmaydi;
avgust oyidagi qabul – navbatdagi oʻquv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi kvotalar uchun;
yanvar oyidagi qabul – yozda toʻlmay qolgan oʻrinlar hamda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlangan kontrakt asosidagi qoʻshimcha kvotalar uchun boʻladi;
davlat OTMlari magistraturasiga oʻqishga kirgan barcha xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Prezident farmoyishiga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi 121 395 nafar etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0