Siyosat

SHHT kengaymoqda – Vladimir Norov

© Foto: MID UzbekistanaVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
SHHTning Samarqand sammitida Eron memorandumi va yana 10ta davlatlarning arizalari koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Ushbu yil Samarqandda boʻlib oʻtadigan SHHT davlat rahbarlari sammiti kun tartibidagi asosiy masalalardan biri - SHHTni yanada kengaytirish hisoblanadi, - dedi Vladimir Norov “Dunyo” AAga bergan intervyusida.
SHHTga aʼzo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisidagi Memorandum imzolashga tayyor. Hujjat amalda ushbu yirik Yaqin Sharq mamlakatining bizning tashkilotimizga toʻliq aʼzo boʻlishiga yoʻl ochadi.
Bundan tashri, SHHT faoliyatida toʻlaqonli aʼzo, kuzatuvchi va muloqot boʻyicha sheriklar maqomida ishtirok etish uchun taqdim etilgan 10 ga yaqin mamlakatlarning arizalari koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, Sammit maydonida SHHT va Arab davlatlari ligasi, YUNESKO, ESKATO va boshqa bir qator xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish boʻyicha Memorandumlar imzolanishi ham kutilmoqda.
Shu asnoda Oʻzbekiston raisligida boʻlajak sammit "Shanxay sakkizligi" rahbarlarining mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishlari uchun samarali platforma yaratib berishi alohida ahamiyatga ega.

SHHT haqida muhim faktlar:

SHHTning “katta oilasiga” Osiyo, Yevropa va Afrikadan 21 mamlakat kiradi: 8 ta doimiy aʼzo, 4 ta kuzatuvchi, 9 ta muloqot boʻyicha va 9 ta sherik davlatlar;
SHHT mamlakatlarining umumiy aholisi 3,2 milliard kishini tashkil etadi, bu - dunyo aholisining qariyb yarmidir;
SHHT umumiy hududi 34 million kvadrat kilometrdan oshadi. Bu Yevroosiyo qitʼasi hududining 60 foizdan ortigʻi;
SHHT umumiy YAIMi tashkilot tuzilgan vaqtdan buyon 13 barobarga oshdi;
SHHT davlatlari iqtisodiyotining umumiy hajmi - 20 trillion AQSH dollarini tashkil etadi, bu umumjahon YAIMining ¼ qismini tashkil etadi;
2030 yilga borib bu raqam jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 35-40 %gacha ortishi mumkin.
Eslatib aoʻtamiz, Shanxay hamkorligi tashkiloti 2001 yil iyun oyida "Shanxay beshligi" oʻrniga tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Oʻsha vaqt uning tarkibiga Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston kirgan edi. Keyinchalik 2017 yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston ham qoʻshildi.
Yangiliklar lentasi
0