Jamiyat

Yil yakunigacha parranda goʻshti ishlab chiqarish hajmi oshiriladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishProdaja kurinogo myasa na rыnke
Prodaja kurinogo myasa na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Parrandachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Parranda goʻshti ishlab chiqarish hajmlari yil yakunigacha kamida 35 foizga oshirilib, 600 ming tonnaga yetkaziladi.
Prezident parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan PQ-281-sonli qaror imzoladi.
Hujjatga koʻra, 2023 yil 1 apreldan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi faqatgina “my.vetgov.uz” saytida roʻyxatdan oʻtgan hamda tegishli mezonlarga mos keluvchi parrandachilik xoʻjaliklariga beriladi.
Parrandachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar adratiladi.

Shu yilning 1 iyunidan parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.

Parrandachilikni rivojlantirish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari boʻyicha kredit mablagʻlari 10 yilgacha muddatga 3 yilgacha imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining parrandachilik xoʻjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subʼyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltirilgan miqdoridagi mablagʻlarini qaytarish muddati 7 yildan 10 yilgacha 5 yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.
Tadbirkorlarga ularning mavjud quvvatlarini toʻliq ishga tushirish uchun oldin ajratilgan kreditlarning qaytarish muddati ularning arizasiga koʻra hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi takliflariga asosan 10 yilgacha uzaytiriladi.
Shu yilning 1 iyulidan 2024 yil 1 yanvarigacha har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilishdagi xarajatlarni qoplash uchun subsidiya miqdori 12 ming soʻm etib belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0