Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Gʻarb Ukrainaga samolyot va tanklar bermaslikka kelishib oldi - Makron

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Fotobankka oʻtishNaselennыe punktы Tsupovka i Kazachya Lopan v Xarkovskoy oblasti
Naselennыe punktы Tsupovka i Kazachya Lopan v Xarkovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Makron Gʻarb davlatlari Ukrainaga samolyot va tanklar bermaslikka kelishib olganini aytdi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Gʻarb davlatlari Ukrainaga ayrim turdagi qurol-yarogʻlar, xususan, hujum samolyotlari va tanklarni bermaslik boʻyicha kelishuvga erishganini tasdiqladi. Bu haqda “Ukrinform”ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Siz hozir norasmiy kelishuv haqida gapiryapsiz, ammo bu NATO boʻyicha hamkorlarning deyarli rasmiy pozitsiyasi. Biz Ukrainaga oʻzini himoya qilishda yordam beryapmiz, lekin Rossiya bilan urushmoqchi emasmiz”, - degan Makron ukrainalik jurnalistlar bilan boʻlgan suhbat chogʻida.

Frantsiya rahbarining soʻzlariga koʻra, Kiyev ushbu kelishuvlardan xabardor.
Kecha Germaniya kantsleri Olaf Sholts, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron, Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis va Italiya bosh vaziri Mario Dragi Ukrainaga bordi. U yerda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Ukrainaga qurol yetkazib berilayotgani uchun Rossiya barcha davlatlarga, jumladan, AQShga nota yuborgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyevga atalgan qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgan.
Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “oʻt bilan oʻynashmoqda”. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning taʼkidlashicha, Kiyevga Gʻarbdan qurol-yarogʻ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralari muvaffaqiyatiga hissa qoʻshmaydi, balki salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Yangiliklar lentasi
0