Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

© Sputnik / Gennadiy Dubovoy / Fotobankka oʻtishBoytsы chechenskogo spetsnaza na lisichanskom napravlenii v LNR
Boytsы chechenskogo spetsnaza na lisichanskom napravlenii v LNR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidagi "Azov" shtab-kvartirasini raketa hujumi bilan yoʻq qildi - Mudofaa vazirligi.
TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Rossiya aviatsiyasi yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Xarkov viloyatining Pesochin aholi punkti hududidagi "Azov" milliy batalonining shtab-kvartirasini yoʻq qildi, dedi Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov.
“Yuqori aniqlikdagi havodan uchiriladigan raketalar ishchi kuchi va harbiy texnika toʻplangan 18 ta hududga, shuningdek, Ukraina artilleriya va minomyot batareyalarining oʻnta otishma pozitsiyasiga, shu jumladan Zaytsevo, Kurdimovka, Dzerjinsk, Baxmut tumanlaridagi "Grad" reaktiv tizimlarining 6ta batareyasiga zarba berdi”, dedi u.
Bundan tashqari, DXRdagi Spornoye va Vemka aholi punktlari yaqinida ikkita raketa va artilleriya qurollari va oʻq-dorilar ombori yoʻq qilindi.
Shuningdek, uchuvchilar Ukraina Qurolli Kuchlari qoʻshinlari va texnikasi toʻplangan 58 ta hududga zarba berishga va ularni yoʻq qilishga muvaffaq boʻlishdi:
200 nafar ukraina millatchisi;
Buk-M1 va Osa-AKM havo mudofaa tizimlarining ikkita uchirish moslamasi;
10ta tank;
Raketa kuchlari va artilleriya 203 ta dushman kuchlari toʻplangan hududlarni, 38 ta artilleriya oʻq otish pozitsiyalariga zarba bergan. Natijada ni yoʻq qilingan kuchlar roʻyxati:
350 millatchi;
Uchuvchisiz apparatlarni boshqaruv punkti;
8ta tank va boshqa zirhli transport vositalari;
uchta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi;
3ta dala artilleriya qurollari;
11ta maxsus transport vositalari.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning Su-25 hujumchi samolyoti va yettita dronni urib tushirishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, ular LXRda "Tochka-U" raketasini va LXR, DXR, Xerson va Xarkov viloyatlarida 21 ta "Uragan"tizimining raketalarini tutib olishdi.
Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukraina Qurolli Kuchlarining jami yoʻqotishlari:
205 ta samolyot;
131 ta vertolyot;
1233 ta dron;
342 zenit-raketa tizimlari;
3587 tank va boshqa turdagi zirhli transport vositalari;
539 yoppasiga oʻt ochish raketa tizimi ;
2013 ta dala artilleriya qurollari va minomyotlari;
3658 ta maxsus harbiy avtomobillar.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

KengaytirishYigʻishtirish
* Rossiyada jinoiy ish ochilgan terrorchi guruh
Yangiliklar lentasi
0