Sport

Oʻzbekiston ogʻir atletikachilari 4 ta medal qoʻlga kiritishdi

© Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar jahon chempionatida 4 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar jahon chempionatida 4 ta medalni qoʻlga kiritishdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Misr va gruziyalik raqiblariga imkoniyatni boy bergan sportchilar, jamoa hisobiga uchta kumush va bitta bronza medalini qoʻshib quyishdi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Meksikada davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta medal sohibi boʻlishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Jahon chempionatida Oʻzbekistondan 2 nafar vakil ishtirok etdi.
Unda Nigora Suvonova -76 kg vazn toifasida oltin medal uchun murosasiz raqobat olib bordi. Yakunda faqatgina misrlik raqibasiga imkoniyatni boy berdi va barcha yoʻnalishlarda kumush medallar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Abrorbek Maʼrufbekov -96 kg vazn toifasida bellashdi. U kuchli raqobatda 133 kg natija bilan dast koʻtarish mashqida bronza medaliga sazovor boʻldi. Ikki kurashda esa uchinchi oʻrin egasiga atigi 1 kg imkoniyatni boy berib, toʻrtinchi oʻrinda musobaqani yakunladi.
Jamoa hisobiga Nigora Suvonova uchta kumush, Maʼrufbekov bitta bronza medalini qoʻshib quyishdi.
Yangiliklar lentasi
0