Dunyoda

Abdulaziz Kamilov Kobulga keldi

© Sputnik AfganistanAbdulaziz Kamilov pribыl v Kabul
Abdulaziz Kamilov pribыl v Kabul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Kobulga keldi.
TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Kobulga keldi.
Tolibon* TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaki Oʻzbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Tolibon* TIV matbuot kotibi oʻrinbosari Hofiz Ziyi Ahmad maʼlum qildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev ham bor.
Muzokarada savdo va tranzit sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalari koʻtarilib, xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat muhokama qilindi.
Muttaki Afgʻoniston boʻyicha iyul oyi oxirida Toshkentda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferentsiyada ishtirok etish uchun taklif qilindi. Tolibon* Oʻzbekistonga Savdo vazirligi vakillari boshchiligidagi delegatsiyani yuborish istagini bildirdi.
Yaqinda oʻzbekistonlik haydovchilar ilk marotaba Pokistondan Afgʻoniston hududi orqali yuk tashuvlarini amalga oshirdi.
“Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor – Karachi” yoʻnalishi boʻylab 2760 km yoʻlni bosib oʻtgan oʻzbekistonlik haydovchilar Karachi portidan ortilgan yukni (muzlatilgan goʻsht) bir haftada Toshkent shahriga yetkazib keldi.
* terrorchilik faoliyat uchun BMT sanktsiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0