Jamiyat

Qaysi mahsulotlar uyqusizlikni keltirib chiqaradi?

© Depositphotos / Sementsova321Devushka vo vremya dnevnogo sna
Devushka vo vremya dnevnogo sna  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Parhezshunos Kalen: pomidor, konserva, tuzlama va avokado uyqusizlikka sabab boʻladi.
Parhezshunos Yelena Kalen kechki ovqatda isteʼmol qilinadigan uyqu sifatiga taʼsir koʻrsatuvchi mahsulotlarni sanab oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, muntazam uyqusizlik yoki uyquga toʻymaslik immunitet tushib ketishiga, stress gormoni koʻpayishiga va organizmning umumiy holati yomonlashishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, odam tez charchaydi, asabiy boʻlib qoladi. Bu esa meʼyordan ortiq ovqatlanishga va ortiqcha vazn toʻplashga olib keladi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, baʼzi bir mahsulotlar uyqusizlikning sababchilari boʻlishi mumkin. Masalan, goʻsht (qovurilgan yoki gril), pomidor, baqlajon, konservalangan mahsulotlar, tuzlamalar (sabzavotlar ham, baliqlar ham), shuningdek, avokado, mogʻorlagan pishloq ham.
“Sanab oʻtilgan mahsulotlar tarkibida tiranin juda koʻp boʻlishi mumkin. Ushbu aminokislota organizmda noradrenalinga (stress gormoniga) aylanadi. Qonda har asabiyolashgan vaziyatda ushbu moddaning kontsentratsiyasi koʻpayadi. Natijada esa oʻzimizni nihoyatda hayajonlangan, toʻlqinlangandek his qilamiz, tunda esa uxlash qiyinlashadi”, - deydi mutaxassis.
Uning taʼkidlashicha, uyqudan oldin selderey va siydik haydaydigan boshqa mahsulotlarni isteʼmol qilmagan maʼqul.
Yangiliklar lentasi
0