Qo‘l jangi sport turiga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaytiriladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishArmeyskiy rukopashniy boy. Matchevaya vstrecha po boyevim iskusstvam "Bitva Chempionov IV"
Armeyskiy rukopashniy boy. Matchevaya vstrecha po boyevim iskusstvam Bitva Chempionov IV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘l jangi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlar va harbiy xizmatchilar soni 10 ming nafardan ortdi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. 2023-yildan boshlab qo‘l jangi sport turini yanada rivojlantirish maqsadida Namangan, Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida xalqaro turnirlar tashkil etiladi.
Bu haqda 20-iyun kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Mazkur hujjat qo‘l jangi sport turini yanada ommalashtirish, soha uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.
Qo‘l jangi sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:
qo‘l jangi bo‘yicha tizimli ravishda musobaqalar o‘tkazish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya);
qo‘l jangini yanada ommalashtirish, bu borada yoshlarni sport klublari, seksiyalari va to‘garaklariga keng jalb etish hamda shu orqali sportchilarning jinoyatlarni sodir etish va jinoiy guruhlarga qo‘shilib ketishining oldini olish;
qo‘l jangi bo‘yicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;
qo‘l jangi bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish;
qo‘l jangini ham ustuvor sport turi sifatida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga bosqichma-bosqich kiritish;
qo‘l jangini Qurolli Kuchlar xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda aholi o‘rtasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilish.
2023 yildan boshlab an’anaviy tarzda qo‘l jangi bo‘yicha sport turnirlari o‘tkaziladi:
har yili Toshkentda 14-yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli Kuchlar chempionatini hamda o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida qahramonlik va jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bag‘ishlangan Xotira turniri.
har yili Namangandaprofessional sportchilar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri.
har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida yoshlar o‘rtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri.
Hozirda qo‘l jangi bo‘yicha 10 ming nafardan ortiq yoshlar va harbiy xizmatchilar (xodimlar) sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
230 nafar O‘zbekiston sport ustalari va 60 nafar Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustalari yetishib chiqqan.
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi respublikaning huquqni muhofaza qilish organlari va “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Qolaversa, bu sport MDH mamlakatlari orasida har yili o‘tkaziladigan “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0