Jamiyat

Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzolandi

© Natsionalnaya biblioteka Uzbekistana im. A. NavoiUzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii
Uzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkalari tashkil etiladi.
TOSHKENT, 20 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzoladi.
© Natsionalnaya biblioteka Uzbekistana im. A. NavoiUzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii
Uzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Uzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii
Memorandumga koʻra, bir qancha rejalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkalari tashkil etiladi, deydi kutubxona Matbuot kotibi Muqaddas Bobomuhammedova, Sputnik muxbiri bilan boʻlgan suhbatda.
“Rossiyaning uchta yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandumda kitobxonlik sohasida ilmiy-tadqiqot, axborot va maʼrifiy faoliyatni amalga oshiruvchi Mutolaa markazini takomillashtirish, ommaviy kutubxonalar markazlashtirilgan tarmogʻining axborot-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi funktsiyalarini samarali amalga oshirish faoliyatni monitoring qilish, elektron kataloglarni yaratish, elektron resurslarni raqamlashtirish va boshqa shu kabi yoʻnalishlar belgilab olindi”, deydi mutaxassis.

Innovatsion loyiha

Shu bilan birga, oʻzaro hamkorlik shaharning davlat, ijtimoiy va tijorat raqamli xizmatlaridan, shu jumladan, shahar ommaviy kutubxonalaridan foydalanishni taʼminlaydigan "Peterburg fuqarosining yagona ID kartasi" loyihasini tashkil etish va mazkur yoʻnalish boʻyicha amaliy tajribalarni almashish respublika kitobxonlariga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishning yagona (korporativ) tizimini yaratish imkoniyatlarini maqbullashtiradi, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, kutubxona fondlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilish sohasida hamkorlikda tajribalar almashishda asos boʻlib xizmat qiladi.
© Natsionalnaya biblioteka Uzbekistana im. A. NavoiUzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii
Uzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Uzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii
“Taʼkidlash kerakki, Rossiya Milliy kutubxonasi 40 milliondan ziyod fondga ega. Kutubxona tasarrufida kutubxonachilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mavjud boʻlib, hamkorlik memorandumi doirasida oʻzbekistonlik kutubxonachilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihalarni birinchi navbatda ishlab chiqish zarurligi muhokama qilindi. Kelgusida hamkorlik yoʻnalishlari, amalga oshirish mexanizmlari yuksak natijalar berishi kutilmoqda”, – deydi matbuot kotibi.

Madaniy munosabatlar

Forum doirasida 16-iyun kuni B.N.Yeltsin nomidagi Prezident kutubxonasi bilan memorandum imzolash marosimida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva hamkorlikning aniq yoʻnalishlari boʻyicha maqsadlar, amalga oshirish mexanizmi va vazifalarni yakunlash muddatlari koʻrsatilgan holda “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qildi. Ushbu hamkorlik memorandumi kutubxonalar oʻrtasidagi kasbiy aloqalarni kengaytirish va yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi madaniy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
© Natsionalnaya biblioteka Uzbekistana im. A. NavoiUzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii
Uzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Uzbekistan podpisal memorandumы s krupneyshimi bibliotekami Rossii
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi “Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati” rahbari Gulbaxor Kabiljanova mazkur memorandumning imzolanishi xalqaro darajadagi yutuq ekanini eʼtirof etdi.
“Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandum Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatidagi yana bir xalqaro darajadagi yutuq, deb hisoblayman. Maqsadimiz kelgusida kutubxonalararo turli sohalardagi kasbiy tajriba almashish, zamonaviy kutubxona texnologiyalarini, axborot-kutubxonada xizmat koʻrsatishning eng yangi shakli va uslublarini, axborot-kutubxonachilik sohasini toʻgʻri tashkil qilishdagi xalqaro meʼyorlar, standartlarni oʻrganish va tadbiq qilishdan iborat”, - deydi Kabiljanova.

Oʻzaro hamkorliklar

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi xorij Milliy kutubxonalari bilan muntazam ravishda yaqindan hamkorliklarni oʻrnatgan. Jumladan, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 16 ta (Rossiya, Belorussiya, Xitoy, Qirgʻiziston, Tojikiston, Gruziya, Eron Islom Respublikasi, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Turkmaniston, Latviya, Chexiya, Turkiya, Qozogʻiston) xorijiy davlatlarning 26 ta kutubxonalari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolagan.
M.YE.Saltikov-Щedrin nomidagi Rossiya Milliy kutubxonasi, B.N.Yeltsin nomidagi Prezident kutubxonasi hamda V.V.Mayakovskiy nomidagi Sankt-Peterburg markaziy shahar ommaviy kutubxonasi bilan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi oʻrtasida imzolangan memorandumlar ham ikki davlat Milliy kutubxonalari oʻrtasida amalga oshirib kelinayotgan oʻzaro hamkorlikning rasmiy hujjati sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Yangiliklar lentasi
0