Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Telegram pullik obunasini ishga tushirdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishMessendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bыt zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Telegram Premium obunachilari 4 GBgacha boʻlgan fayllarni yuklab olishi mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Telegram messenjeri foydalanuvchilarga qoʻshimcha funktsiyalardan foydalanish imkonini beruvchi pullik Premium obunasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.
Telegram Premium narxi oyiga 5 $ boʻladi.
Pullik obunaga ulangan foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishi mumkin:
· 4 GBgacha boʻlgan fayllarni yuklab olish;
· media va hujjatlarni maksimal tezlikda yuklash;
· mingta kanalga obuna boʻlish;
· ovozli xabarlarni matnga aylantirish;
· obunachilar soni koʻp boʻlgan ommaviy kanallarda reklamani oʻchirish;
· noyob stikerlar va reaktsiyalarni yuborish;
· premium stikerlar;
· dialoglarning kengaytirilgan boshqaruvi;
· profil belgisi;
· animatsion avatarlar.
Pullik obunaga ulanmagan foydalanuvchilar odatdagidek 2 GB gacha boʻlgan media materiallarni joʻnatishi mumkin boʻladi. Ilova xotirasi Telegram’dan foydalanuvchi har bir kishi uchun cheksiz boʻlib qolmoqda.
Qayd etilishicha, bu ilovani saqlash xarajatlarining bir qismini qoplaydi va ishlab chiquvchilarga kelgusida ham foydalanuvchilarga cheksiz va bepul xizmat koʻrsatishda davom etish imkonini beradi.
Telegram’ning xabar berishicha, messenjerning faol foydalanuvchilari soni oyiga 700 million kishidan oshgan va bu yil ilova dunyodagi eng koʻp yuklab olingan ilovalar beshligiga kirgan.
Maʼlumot uchun, ilova asoschisi Pavel Durov 10 iyun kuni pullik obuna haqida eʼlon qilib, messenjer reklama beruvchilar tomonidan emas, birinchi navbatda uning foydalanuvchilari tomonidan moliyalashtirilishi kerakligini taʼkidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0