https://oz.sputniknews-uz.com/20220622/aqsh-elchixonasi-yaqinidagi-hudud-donetsk-xalq-respublikasi-maydoni-deb-nomlandi-25538103.html
AQSH elchixonasi yaqinidagi hudud “Donetsk xalq respublikasi maydoni” deb nomlandi
AQSH elchixonasi yaqinidagi hudud “Donetsk xalq respublikasi maydoni” deb nomlandi
AQShning Rossiyadagi elchixonasi yaqinidagi hudud “Donetsk xalq respublikasi maydoni” deb nomlandi. 22.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-22T12:53+0500
2022-06-22T12:53+0500
2022-06-22T12:53+0500
rossiya
donetsk xalq respublikasi (dxr)
rossiya
aqsh
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/455/65/4556589_0:103:3073:1831_1920x0_80_0_0_86558168ff4b9d6901a991a5978ef72b.jpg
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlarining Moskvadagi elchixonasiga tutashgan hududga “Donetsk xalq respublikasi maydoni” nomi berildi. Tegishli farmon Moskva merining rasmiy saytida chop etildi.Maʼlumot uchun, 18 may kuni Moskva shahar dumasi deputatlari maydonga nom berish tashabbusi bilan chiqdi. Ular AQSH elchixonasi yaqinidagi hududni “Donbass himoyachilari maydoni” deb atashni taklif qildi. “Aktivnыy grajdanin” platformasidagi ovoz berish jarayonida “Donetsk xalq respublikasi maydoni” varianti gʻalaba qozondi.Shuningdek, 8 iyun kuni Moskva shahar dumasi deputatlari Germaniya elchixonasi yonidagi maydonga “Lugansk xalq respublikasi maydoni” nomini berish tashabbusi bilan chiqqan.Eslatib oʻtamiz, 22 fevral kuni Rossiya Lugansk va Donetsk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgandan soʻng darhol ular bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan edi.Bir kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Bundan tashqari, har ikki respublika bilan doʻstlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi.Farmon oldidan davlat rahbarining rossiyaliklarga katta, dasturiy telemurojaati boʻlib oʻtdi, unda Putin oʻz qarorini batafsil tushuntirib berdi va Xavfsizlik kengashi aʼzolari bilan vaziyatni muhokama qildi.Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi “DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish” deb atagan. Operatsiya maqsadi —“Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.Rossiya askarlari zarbalarni faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukrainaning jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaydi.
rossiya
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/455/65/4556589_5:0:2736:2048_1920x0_80_0_0_0d79a68f951e85d71cf747739dbe1b7e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
donetsk xalq respublikasi (dxr), rossiya, aqsh
AQSH elchixonasi yaqinidagi hudud “Donetsk xalq respublikasi maydoni” deb nomlandi
AQShning Rossiyadagi elchixonasi yaqinidagi hudud “Donetsk xalq respublikasi maydoni” deb nomlandi.
TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlarining Moskvadagi elchixonasiga tutashgan hududga “Donetsk xalq respublikasi maydoni” nomi berildi. Tegishli farmon Moskva merining rasmiy saytida
chop etildi. “Moskva shahri markaziy maʼmuriy okrugi Presnen tumanidagi Konyushkov koʻchasi boʻylab Bolshoy Devyatin koʻchasidan Maliy Konyushkov koʻchasigacha boʻlgan nomsiz hududga “Donetsk xalq respublikasi maydoni” nomi berilsin”, deyiladi hujjatda.
Maʼlumot uchun, 18 may kuni Moskva shahar dumasi deputatlari maydonga nom berish tashabbusi bilan chiqdi. Ular AQSH elchixonasi yaqinidagi hududni “Donbass himoyachilari maydoni” deb atashni taklif qildi. “Aktivnыy grajdanin” platformasidagi ovoz berish jarayonida “Donetsk xalq respublikasi maydoni” varianti gʻalaba qozondi.
Shuningdek, 8 iyun kuni Moskva shahar dumasi deputatlari Germaniya elchixonasi yonidagi maydonga “Lugansk xalq respublikasi maydoni” nomini berish tashabbusi bilan chiqqan.
Eslatib oʻtamiz, 22 fevral kuni Rossiya Lugansk va Donetsk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgandan soʻng darhol ular bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan edi.
Bir kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Bundan tashqari, har ikki respublika bilan doʻstlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi.
Farmon oldidan davlat rahbarining rossiyaliklarga katta, dasturiy telemurojaati boʻlib oʻtdi, unda Putin oʻz qarorini batafsil tushuntirib berdi va Xavfsizlik kengashi aʼzolari bilan vaziyatni muhokama qildi.
“Qon toʻkish, zoʻravonlik, qonunbuzarlik yoʻliga oʻtganlar Donbassning harbiy qarordan tashqari boshqa hech qanday qarorini tan olishmadi va tan olishmaydi. Shu munosabat bilan men uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan qarorniqabul qilishni zarur deb hisoblayman — zudlik bilan DXR va LXR mustaqilligini tan oling”, dedi oʻsha paytda prezident.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi “DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish” deb atagan. Operatsiya maqsadi —“Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya askarlari zarbalarni faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25 martda yakunlandi - Ukrainaning jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaydi.