https://oz.sputniknews-uz.com/20220623/birjada-shakar-va-un-arzonlashdi-25568829.html
Birjada shakar va un arzonlashdi
Birjada shakar va un arzonlashdi
Oʻtgan hafta oʻtkazilgan birja savdolarida un va shakarning narxi pasaydi. 23.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-23T11:10+0500
2022-06-23T11:10+0500
2022-06-23T11:10+0500
iqtisod
un
shakar
oʻzbekiston tovar xom-ashyo birjasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/02/24948989_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_b6a7d595177d7c950604ac2aa171a3f5.jpg
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Joriy yilning 13-17 iyun kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi”da un (-2,6 %) va shakar (-11,3 %) narxi pasaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, oʻtgan hafta oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra, birjaning un bozori narx boʻyicha pasayishni namoyon etgan. Hafta davomida birja savdolariga 41 690,0 tonna un qoʻyilgan va uning 33 433,0 tonnasi, yaʼni 80,2% qismi sotilgan. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 2 576 xaridor ishtirok etgan.Koʻrib chiqilayotgan davrda 1-navli un boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 401,2 ming soʻmdan 4 288,0 ming soʻmgacha, yaʼni 2,6% ga pasaygan. Unning oʻrtacha kunlik sotuv hajmi 6 687,0 ming tonnani tashkil qilgan.Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 279,6 ming soʻmni tashkil etgan.Shakar ham arzonlashdiBirjaning shakar bozorida ham narxlar pasayishi qayd etilgan. Hafta davomida birja savdolariga 11 003,0 tonna shakar qoʻyilgan va uning barcha hajmi sotilgan. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 509 xaridor ishtirok etgan.Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 11 979,0 ming soʻmdan 10 627,5 ming soʻmgacha, yaʼni 11,3%ga pasaygan.Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning ekstra kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 9 411,0 ming soʻmni tashkil etgan.Xabarga koʻra, koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 313,9 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotilgan. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻygan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/02/24948989_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_7b167b45ca197f77cb7b2cdf6602bc19.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
un, shakar, oʻzbekiston tovar xom-ashyo birjasi
Birjada shakar va un arzonlashdi
Oʻtgan hafta oʻtkazilgan birja savdolarida un va shakarning narxi pasaydi.
TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Joriy yilning 13-17 iyun kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi”da un (-2,6 %) va shakar (-11,3 %) narxi pasaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, oʻtgan hafta oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra, birjaning un bozori narx boʻyicha pasayishni namoyon etgan. Hafta davomida birja savdolariga 41 690,0 tonna un qoʻyilgan va uning 33 433,0 tonnasi, yaʼni 80,2% qismi sotilgan. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 2 576 xaridor ishtirok etgan.
Koʻrib chiqilayotgan davrda 1-navli un boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 401,2 ming soʻmdan 4 288,0 ming soʻmgacha, yaʼni 2,6% ga pasaygan. Unning oʻrtacha kunlik sotuv hajmi 6 687,0 ming tonnani tashkil qilgan.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 279,6 ming soʻmni tashkil etgan.
Shakar ham arzonlashdi
Birjaning shakar bozorida ham narxlar pasayishi qayd etilgan. Hafta davomida birja savdolariga 11 003,0 tonna shakar qoʻyilgan va uning barcha hajmi sotilgan. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 509 xaridor ishtirok etgan.
Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 11 979,0 ming soʻmdan 10 627,5 ming soʻmgacha, yaʼni 11,3%ga pasaygan.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning ekstra kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 9 411,0 ming soʻmni tashkil etgan.
Xabarga koʻra, koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 313,9 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotilgan. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻygan.