https://oz.sputniknews-uz.com/20220623/brics-davlatlari-yangi-zahira-valyuta-yaratish-ustida-ishlamoqda---putin--25567656.html
BRICS davlatlari yangi zahira valyuta yaratish ustida ishlamoqda - Putin
BRICS davlatlari yangi zahira valyuta yaratish ustida ishlamoqda - Putin
BRICS davlatlari oʻzaro savdo sotiqni kengaytirmoqda, yangi xalqaro toʻlov mexanizmlarini yaratmoqda. 23.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-23T10:01+0500
2022-06-23T10:01+0500
2022-06-23T10:01+0500
analitika
braziliya
rossiya
hindiston
xitoy
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/16/25555809_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_90393e58200f853b445e72f55d256bbd.jpg
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. BRICS (BRIKS) davlatlari tomonidan yangi xalqaro rezerv valyuta yaratish ustida ish olib borilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashkilot Ishbilarmonlari forumida. Shuningdek ushbu davlatlar hamkorlikda oʻzaro savdo-sotiqni amalga oshirish maqsadida xalqaro hisob-kitobning ishonchli mexanizmini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Rossiyaning banklararo axborot almashish tizimi hamkorlar uchun ochiq. Putin aytishiga koʻra, turli cheklovlarga qaramasdan BRIKS ishbilarmon doiralari savdo, moliyaviy va sarmoyaviy sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni izchil kengaytirib bormoqda. 2022 yilning dastlabki uch oyida Rossiya Federatsiyasining "beshlik" mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 38 foizga oʻsdi – 45 milliard dollargacha, deya qoʻshimcha qildi Rossiya prezidenti.Shuningdek, u Rossiya ishbilarmon doiralari va BRIKS mamlakatlari ishbilarmon doiralari oʻrtasida aloqalar faollashayotganini, xususan, Rossiyada Hindiston tarmogʻi doʻkonlarini ochish, Rossiya bozorida Xitoy avtomobillari, uskunalari va mexanizmlari ulushini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilayotganini qoʻshimcha qildi.Oʻz navbatida, Rossiyaning "beshlik" mamlakatlaridagi ishtiroki ham kengayib bormoqda. Rossiyadan Xitoy va Hindistonga neft yetkazib berish hajmi ortib bormoqda, qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda, dedi Rossiya prezidenti.Bundan tashqari, Rossiya BRIKS mamlakatlariga katta hajmdagi oʻgʻitlarni eksport qiladi. Rossiyaning IT-kompaniyalari Hindiston va Janubiy Afrikada oʻz faoliyatini kengaytirmoqda. Rossiya sunʼiy yoʻldoshlari esa hozirdanoq Braziliyadagi 40 million aholini telekoʻrsatuvlar bilan taʼminlamoqda, deya qoʻshimcha qildi Putin.Maʼlumot uchun BRICS (BRIKS) Rossiya tashabbusi bilan 2006 yilning sentyabr oyida tashkil qilingan. Uning tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi.
braziliya
rossiya
xitoy
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/16/25555809_226:0:2957:2048_1920x0_80_0_0_5c895026af766657c40e2e8b403c580e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
braziliya, rossiya, hindiston, xitoy
BRICS davlatlari yangi zahira valyuta yaratish ustida ishlamoqda - Putin
BRICS davlatlari oʻzaro savdo sotiqni kengaytirmoqda, yangi xalqaro toʻlov mexanizmlarini yaratmoqda.
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. BRICS (BRIKS) davlatlari tomonidan yangi xalqaro rezerv valyuta yaratish ustida ish olib borilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashkilot Ishbilarmonlari forumida.
Shuningdek ushbu davlatlar hamkorlikda oʻzaro savdo-sotiqni amalga oshirish maqsadida xalqaro hisob-kitobning ishonchli mexanizmini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Rossiyaning banklararo axborot almashish tizimi hamkorlar uchun ochiq.
“Rossiyaning "Mir" toʻlov tizimidan foydalanish geografiyasi kengaymoqda. Mamlakatlarimiz valyuta savatchasi asosida xalqaro zaxira valyutasini yaratish masalasi ishlab chiqilmoqda”, — dedi prezident.
Putin aytishiga koʻra, turli cheklovlarga qaramasdan BRIKS ishbilarmon doiralari savdo, moliyaviy va sarmoyaviy sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni izchil kengaytirib bormoqda. 2022 yilning dastlabki uch oyida Rossiya Federatsiyasining "beshlik" mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 38 foizga oʻsdi – 45 milliard dollargacha, deya qoʻshimcha qildi Rossiya prezidenti.
“Rossiya ishbilarmon doiralari BRIKSga aʼzo davlatlar biznes hamjamiyatlari bilan kelishilgan holda transport infratuzilmasini rivojlantirish, logistika yoʻnalishlarini qayta qurish va yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish boʻyicha tezkor choralar koʻrmoqda”, — dedi Putin.
Shuningdek, u Rossiya ishbilarmon doiralari va BRIKS mamlakatlari ishbilarmon doiralari oʻrtasida aloqalar faollashayotganini, xususan, Rossiyada Hindiston tarmogʻi doʻkonlarini ochish, Rossiya bozorida Xitoy avtomobillari, uskunalari va mexanizmlari ulushini oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilayotganini qoʻshimcha qildi.
Oʻz navbatida, Rossiyaning "beshlik" mamlakatlaridagi ishtiroki ham kengayib bormoqda. Rossiyadan Xitoy va Hindistonga neft yetkazib berish hajmi ortib bormoqda, qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda, dedi Rossiya prezidenti.
Bundan tashqari, Rossiya BRIKS mamlakatlariga katta hajmdagi oʻgʻitlarni eksport qiladi. Rossiyaning IT-kompaniyalari Hindiston va Janubiy Afrikada oʻz faoliyatini kengaytirmoqda. Rossiya sunʼiy yoʻldoshlari esa hozirdanoq Braziliyadagi 40 million aholini telekoʻrsatuvlar bilan taʼminlamoqda, deya qoʻshimcha qildi Putin.
Maʼlumot uchun BRICS (BRIKS) Rossiya tashabbusi bilan 2006 yilning sentyabr oyida tashkil qilingan. Uning tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi.