Bu yilgi test sinovlari yopiq binolarda o‘tkaziladi - DTM

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna bo‘lish
Bu yildan boshlab amaliyotda birinchi marta test savollarini ishlash uchun savollarning oralig‘ida yozishga joy qoldiriladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Davlat test markazi OTMlarga kirish test sinovlarini o‘tkazish uchun yopiq maydonlarni tayyorlamoqda.
DTM Boshqarma boshlig‘i Javlonbek Nurmatovning so‘zlariga ko‘ra, davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning taklif va cheklovlari bo‘lmasa, test sinovlari yopiq binolarda o‘tkaziladi.
“Shu vaqtga qadar DTM 2 ta ssenariy, yani test sinovlarini ochiq va yopiq maydonlarda o‘tkazish ustida ish olib bordi. Hozirda to‘liq yopiq binolarda o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari ketmoqda”, deydi Javlonbek Nurmatov.
Bu yil ham abituriyentlar suv va ruchkalar bilan ta’minlanadi.
Bu yildan boshlab amaliyotda birinchi marta test savollarini ishlash uchun savollarning oralig‘ida yozishga joy qoldiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili OTMlarga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilgandi.
Yangiliklar lentasi
0