Jamiyat

Haj ziyoratchilari uchun yangi mobil ilova ishga tushdi

© Press-slujba Uzbekistan AirportsPervыe palomniki otpravlyayutsya iz Tashkenta v Saudovskuyu Araviyu dlya soversheniya xadja.
Pervыe palomniki otpravlyayutsya iz Tashkenta v Saudovskuyu Araviyu dlya soversheniya xadja. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Haj qoʻllanmasi” mobil ilovasida haj ziyorati odoblari, uning farz amallarini bajarish tartib-qoidalari bayon etilgan.
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Haj safari ziyoratchilari uchun “Haj qoʻllanmasi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha,ilovada haj ziyorati odoblari, uning farz amallarini bajarish tartib-qoidalari, duolar, Saudiya Arabistonida joriy etilgan yangi tartib-qoidalar, aeroport, mehmonxonalarda nimalarga eʼtiborli boʻlish kerakligi kabi masalalar batafsil bayon etilgan.
Ilova quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan:
· “Haj qoʻllanmasi”
· “Haj duolari”
· “Safarga tayyorgarlik”
· “Islom tarixiga oid joylar”
“Haj qoʻllanmasi” mobil ilovasini GooglePlay yoki AppStore orqali yuklab olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0