https://sputniknews-uz.com/20220623/rossiya-ukrainada-maxsus-harbiy-operatsiya-boshlashga-majbur-boldi--yaponiya-deputati-25581824.html
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlashga majbur boʻldi – Yaponiya deputati
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlashga majbur boʻldi – Yaponiya deputati
Rossiya - Ukraina mojarosida Minsk kelishuvlari bajarilmagani uchun Kiyev ham javobgar, deydi yaponiyalik deputat. 23.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-23T15:24+0500
2022-06-23T15:24+0500
2022-06-23T15:33+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
yaponiya
siyosat
oav
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/278/29/2782911_0:136:3000:1824_1920x0_80_0_0_6044bce5a1a180cdce2a24bf2a6bc6c8.jpg
TOSHKENT, 23 iyun – Sputnik. Har qanday mojaroda, jumladan, Ukraina voqealarida ham har ikki tomon aybdor. Hozir hamma Moskvani harbiy harakatlar boshlaganlikda ayblamoqda, biroq Minsk kelishuvlarini bajarmagani uchun Kiyev ham javobgar, dedi Yaponiya parlamenti yuqori palatasi deputati Muneo Sudzuki RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.Uning taʼkidlashicha, hozirda vaziyatni bir tomonlama yoritish muammosi bor, yaʼni, jangovar harakatlar boshlangani qoralanadi, biroq vaziyatning tarixi va sabablariga xolis baho berilmaydi.Siyosatchi Ukraina bir necha yil avval imzolagan vaʼdalarini buzganini eslatgan.“Putin nega bunday yoʻl tutdi? 2014 yilda Minsk-1 jarayoni boshlandi. 2015 yilda Minsk-2 boʻlib oʻtdi. Bu kelishuvlarga qaysi tomon amal qilmadi? Bunda, menimcha, Ukrainaning javobgarligi ogʻir. Bu haqda esa umuman gapirishmaydi va muhokama qilishmaydi. Menimcha, bu yondashuv xolis emas.Men betaraf boʻlishga harakat qilaman. Yaponiyada “janjalda ikkalasi ham aybdor” degan naql bor, janjalda javobgarlik ham, jazo ham ikki tomonga tushadi. Yaʼni, buni birinchi boshlagan nohaq, lekin bunga sabab yaratgan ham javobgardir. Oʻylaymanki, mana shu maqol shu oʻrinda mos tushadi”, deb taʼkidlaydi deputat.Maʼlumot oʻrnida, Sudzuki katta tajribaga ega siyosatchi: bu yil uning parlament aʼzosi boʻlganiga 40 yil toʻladi. Hozirda u parlamentning yuqori palatasida “Nippon isin” (Yaponiya yangilanish partiyasi) vakili. U mahalliy siyosatda Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishtarafdorligi bilan mashhur. Sudzuki Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega tez-tez maslahat berib turardi. Abe davrida Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi aloqalar juda jadal rivojlandi.
rossiya
ukraina
yaponiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/278/29/2782911_194:0:2807:1960_1920x0_80_0_0_cb25d05c0cd5d722774273fab32ac84d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, ukraina, yaponiya, siyosat, oav
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlashga majbur boʻldi – Yaponiya deputati
15:24 23.06.2022 (yangilandi: 15:33 23.06.2022) Rossiya - Ukraina mojarosida Minsk kelishuvlari bajarilmagani uchun Kiyev ham javobgar, deydi yaponiyalik deputat.
TOSHKENT, 23 iyun – Sputnik. Har qanday mojaroda, jumladan, Ukraina voqealarida ham har ikki tomon aybdor. Hozir hamma Moskvani harbiy harakatlar boshlaganlikda ayblamoqda, biroq Minsk kelishuvlarini bajarmagani uchun Kiyev ham javobgar, dedi Yaponiya parlamenti yuqori palatasi deputati Muneo Sudzuki RIA Novosti agentligiga bergan
intervyusida. Uning taʼkidlashicha, hozirda vaziyatni bir tomonlama yoritish muammosi bor, yaʼni, jangovar harakatlar boshlangani qoralanadi, biroq vaziyatning tarixi va sabablariga xolis baho berilmaydi.
“Hozir dunyo, jumladan, ommaviy axborot vositalari ham xuddi shu yoʻnalishda, qarama-qarshilikni qizdirish tomon ketmoqda. Bunday davom etib boʻlmaydi. Menimcha, (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin maxsus harbiy operatsiyani boshlashga majbur boʻldi. Va davlatingiz manfaatlarini himoya qilish uchun bu haqda sovuqqonlik bilan oʻylashingiz kerak. Hozir umumiy tendentsiya shundan iboratki, davlat yoki uning hududi suverenitetiga kuch bilan tajovuz qilish xalqaro huquq normalarini buzish hisoblanadi. Hatto BMT ham shunday rezolyutsiyani qabul qilgan. Menimcha, buning sababi bor edi”, degan Sudzuki.
Siyosatchi Ukraina bir necha yil avval imzolagan vaʼdalarini buzganini eslatgan.
“Putin nega bunday yoʻl tutdi? 2014 yilda Minsk-1 jarayoni boshlandi. 2015 yilda Minsk-2 boʻlib oʻtdi. Bu kelishuvlarga qaysi tomon amal qilmadi? Bunda, menimcha, Ukrainaning javobgarligi ogʻir. Bu haqda esa umuman gapirishmaydi va muhokama qilishmaydi. Menimcha, bu yondashuv xolis emas.
Men betaraf boʻlishga harakat qilaman. Yaponiyada “janjalda ikkalasi ham aybdor” degan naql bor, janjalda javobgarlik ham, jazo ham ikki tomonga tushadi. Yaʼni, buni birinchi boshlagan nohaq, lekin bunga sabab yaratgan ham javobgardir. Oʻylaymanki, mana shu maqol shu oʻrinda mos tushadi”, deb taʼkidlaydi deputat.
Maʼlumot oʻrnida, Sudzuki katta tajribaga ega siyosatchi: bu yil uning parlament aʼzosi boʻlganiga 40 yil toʻladi. Hozirda u parlamentning yuqori palatasida “Nippon isin” (Yaponiya yangilanish partiyasi) vakili. U mahalliy siyosatda Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishtarafdorligi bilan mashhur. Sudzuki Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega tez-tez maslahat berib turardi. Abe davrida Rossiya va Yaponiya oʻrtasidagi aloqalar juda jadal rivojlandi.