https://sputniknews-uz.com/20220623/rossiyada-migrantlar-uchun-rabota-v-eaes-mobil-ilovasi-ishga-tushirildi-25571177.html
Rossiyada migrantlar uchun “Rabota v YEAES” mobil ilovasi ishga tushirildi
Rossiyada migrantlar uchun “Rabota v YEAES” mobil ilovasi ishga tushirildi
Ilova orqali YEOII, Oʻzbekiston va MDHning boshqa davlatlari fuqarolari Rossiyada ishga joylashishda davlat va tijorat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. 23.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-23T11:55+0500
2022-06-23T11:55+0500
2022-06-23T11:55+0500
rossiya
migratsiya
yeoii
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/11/25404633_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_ca19fcd70db3f7e62e1deea2ef3b3a10.jpg
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar jamgʻarmasi Ittifoqda ishchi kuchining erkin harakatlanishini taʼminlash uchun onlayn xizmat koʻrsatish platformasi – “Rabota v YEAES” mobil ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.Ilova Minskda boʻlib oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida taqdim etildi. Ilova orqali YEOII, Oʻzbekiston va MDHning boshqa davlatlari fuqarolari Rossiyada ishga joylashishda davlat va tijorat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Xizmatlarni YEOIIning boshqa davlatlarida ham yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Umuman olganda ilova orqali fuqarolar Rossiyaga kirish cheklovlari haqida bilib olishi, STIR va sugʻurta tajribasini tekshirishi, Mehnat inspektsiyasiga murojaat qilishi, taʼlim hujjatlarini tasdiqlashi, patent olish uchun ariza berishi, tibbiy sugʻurtani rasmiylashtirishi, ijaraga uy olishi, samolyot va poyezd uchun chiptalar xarid qilishi va SIM-karta sotib olishi mumkin.Rossiyada migrantlarni ishga joylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Maʼlumki, mazkur davlatda 3,8 millionga yaqin migrant patent yoki YEOII mamlakatlari fuqarolari sifatida mehnat shartnomasi asosida ishlaydi, yana 290 mingga yaqin yoshlar Rossiya oliy oʻquv yurtlarida taʼlim oladi.Avvalroq, Rossiya Mehnat vazirligi pilot loyiha doirasida mamlakatga kirishi mumkin boʻlgan oʻzbekistonlik migrantlar soniga qoʻyilgan cheklovni olib tashlash taklifi bilan chiqqan edi.Maʼlumot uchun, oʻtgan yilning yanvar-dekabr oylarida 2 221 826 ta mehnat patenti berilgan. Shundan 1 316 569 tasini Oʻzbekiston fuqarolari olishgan.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/11/25404633_67:0:2755:2016_1920x0_80_0_0_d8e6d42e39162d6ca948b2e26056661c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
migratsiya, yeoii
Rossiyada migrantlar uchun “Rabota v YEAES” mobil ilovasi ishga tushirildi
Ilova orqali YEOII, Oʻzbekiston va MDHning boshqa davlatlari fuqarolari Rossiyada ishga joylashishda davlat va tijorat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar jamgʻarmasi Ittifoqda ishchi kuchining erkin harakatlanishini taʼminlash uchun onlayn xizmat koʻrsatish platformasi – “Rabota v YEAES” mobil ilovasini ishga tushirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati
xabar berdi. Ilova Minskda boʻlib oʻtgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida taqdim etildi. Ilova orqali YEOII, Oʻzbekiston va MDHning boshqa davlatlari fuqarolari Rossiyada ishga joylashishda davlat va tijorat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Xizmatlarni YEOIIning boshqa davlatlarida ham yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
“Hozirda “Rabota v YEAES” ilovasidagi ish oʻrinlari Rossiya segmenti doirasida taqdim etilmoqda. Boshqacha aytganda, YEOII va MDH mamlakatlari fuqarolari Rossiyada ishga joylashganlarida mazkur dastur orqali davlat va tijorat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Xizmatlarni YEOIIning boshqa davlatlarida ham yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda”, Tigran Sarkisyan.
Umuman olganda ilova orqali fuqarolar Rossiyaga kirish cheklovlari haqida bilib olishi, STIR va sugʻurta tajribasini tekshirishi, Mehnat inspektsiyasiga murojaat qilishi, taʼlim hujjatlarini tasdiqlashi, patent olish uchun ariza berishi, tibbiy sugʻurtani rasmiylashtirishi, ijaraga uy olishi, samolyot va poyezd uchun chiptalar xarid qilishi va SIM-karta sotib olishi mumkin.
“Rabota v YEAES” ilovasini AppStore va Google Play orqali yuklab olish mumkin.
Rossiyada migrantlarni ishga joylashtirish bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Maʼlumki, mazkur davlatda 3,8 millionga yaqin migrant patent yoki YEOII mamlakatlari fuqarolari sifatida mehnat shartnomasi asosida ishlaydi, yana 290 mingga yaqin yoshlar Rossiya oliy oʻquv yurtlarida taʼlim oladi.
Avvalroq, Rossiya Mehnat vazirligi pilot loyiha doirasida mamlakatga kirishi mumkin boʻlgan oʻzbekistonlik migrantlar soniga qoʻyilgan cheklovni olib tashlash taklifi bilan chiqqan edi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yilning yanvar-dekabr oylarida 2 221 826 ta mehnat patenti berilgan. Shundan 1 316 569 tasini Oʻzbekiston fuqarolari
olishgan.