Jamiyat

“Utair” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga yangi reyslarni yoʻlga qoʻydi

© SputnikSamolyot aviakompanii "YUTeyr". Arxivnoye foto
Samolyot aviakompanii YUTeyr. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi Moskva-Samarqand yoʻnalishida yangi reysni yoʻlga qoʻydi.
TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi Moskva-Samarqand yoʻnalishida yangi reysni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, parvozlar 21 iyundan boshlab haftasiga ikki marta seshanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyot Moskvadan 12:40 da, Samarqanddan esa 20:20 da uchadi.
Shuningdek, aviakompaniya Moskvadan Buxoroga parvozlar chastotasini haftasiga 3 tagacha oshiradi. Bundan tashqari, har kuni Moskva-Toshkent reyslarini amalga oshirishda davom etadi.
“Utair”ning Moskva-Buxoro yoʻnalishidagi parvozlari 2 iyuldan boshlab dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi 6970 rubldan boshlanadi.
“Oʻzbekiston yoʻlovchilarimiz uchun mashxur manzil boʻlib, ularga qulaylik yaratish maqsadida parvozlar amalga oshiriladigan shaharlar sonini koʻpaytirdik”, deydi kompaniya rahbari Oleg Semyonov.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida “Utair” aviakompaniyasiToshkentdan Tyumen va Surgutga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻygan edi. Har ikkala reys haftada bir marta payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0