Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalga sazovor bo‘ldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalga sazovor bo‘ldi
Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalga sazovor bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna bo‘lish
Sportchiga hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Alesya Kuznetsova raqiblik qildi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Diyora Keldiyorova ikki karra “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibiga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Mo‘g‘ulistonda start olgan dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasining birinchi kun bellashuvlari yakuniga yetib bormoqda.
Turnirning ilk kuni O‘zbekiston jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Unda Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchiga hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Alesya Kuznetsova raqiblik qildi. Bellashuvda Keldiyorova g‘alaba qozondi va “Katta dubulg‘a” turnirlarining ikki karra g‘olibiga aylandi.
Aytilishicha, Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun 500 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0