Jamiyat

Olimlar arxeologik obʼyektlarni saqlab qolish uchun polimer yaratishdi

© Sputnik / Ramiz BakhtiyarovGur-Emir - mavzoley Tamerlana i yego semi v Samarkande, Uzbekistan
Gur-Emir - mavzoley Tamerlana i yego semi v Samarkande, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Polimer eritmasi tosh, suyak yoki yogʻochlar asosidagi arxeologik obʼyektlarni konservatsiyalash va tiklashda ishlatiladi.
TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonlik olimlar tomonidan arxeologik obʼyektlarni konservatsiyalash uchun polimer eritmasini olish texnologiyasi ishlab chiqildi.
Eritma tosh, suyak yoki yogʻochlar asosidagi arxeologik obʼyektlarni konservatsiyalash va tiklash (restavratsiya)da ishlatiladi.
Obʼyektlarga eritmalar bilan ishlov berish ular yuzasining tashqi koʻrinishini oʻzgartirmagan holda 1.8-2.2 barobar mustahkamlanishiga olib keladi.
Polimer radikal polimerlanish yoki akril monomerlarining sopolimerlanishi orqali olinib, organik erituvchilardagi eritmalar shaklida qoʻllaniladi.
Ishlab chiqilgan texnologiya arxeologik obʼyektlarga singdirish va ularni yelimlash uchun belgilangan molekulyar massali polibutilmetakrilatni sintez qilishni koʻzda tutadi.
Xabarda aytilishicha, mahsulotni partiyalab ishlab chiqarish buyurtmalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0