Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Uyqu sifatini qanday oshirish mumkin?

© Depositphotos.com / Bacho123456Nochnik i budilnik u krovati
Nochnik i budilnik u krovati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna bo‘lish
Somnolog uyqu sifatini oshirish borasida tavsiyalar berdi.
Somnolog Yekaterina Plemannikovaning aytishicha, to‘yib uxlash uchun bir qancha qoidalarga amal qilish kerak.
Ya’ni tartib, toza havoda sayr, yotoqxonani muntazam shamollatib turish, uyqudan oldin gadjetlardan foydalanmaslik va kech vaqti ovqatlanmaslik kabi odatlar uyqu sifatiga va davomiyligiga ijobiy ta’sir qiladi.
“Bir vaqtda uyquga ketib, aniq vaqtda turish lozim. Ya’ni uyqu uchun aniq vaqt bo‘lish kerak. O‘ttiz daqiqa farq zarar qilmaydi, biroq bunga qattiq amal qilish kerak. Kechgi sayr tezroq uyquga ketishga yordam beradi. Yotoqxonada esa salqin havo bo‘lishi, oyoqlar sovuq qotmasligi kerak”, - deydi Plemannikova.
Shuningdek, somnolog yotoqxona uchun sariq spektrli lampadan foydalanishni maslahat berdi. Bunday lampa nerv tizimining tezroq tinchlanishiga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0