Jamiyat

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhoqamaga qoʻyiladi - Xalq soʻzi

© SputnikKonstitutsiya respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi "Xalq soʻzi" gazetasi va meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida eʼlon qilinadi.
TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25 iyun kunidan "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun 25 iyun kuni "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalarida hamda Meningkonstitutsiyam.uz elektron platformasida eʼlon qilinadi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflarni 1341 qisqa raqami, taklif@meningkonstitutsiyam.uz va taklif@2022.uz elektron pochta manzillari orqali yoki bevosita Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun, "Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida"gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan har qanday yangi qonun umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0