Rossiya

Terrorchilar Afgʻonistondan baza sifatida foydalanmoqchi - Shoygu

© Sputnik / Press-slujba Minoboronы RF / Fotobankka oʻtishSoveщaniye S. Shoygu s rukovodstvom Minoboronы RF
Soveщaniye S. Shoygu s rukovodstvom Minoboronы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sergey Shoygu Markaziy osiyolik hamkasabalariga terrorchilarning Afgʻonistonga doir rejalari haqida maʼlum qildi.
TOSHKENT, 25 iyun - Sputnik. Terrorchilar qoʻshni davlatlarga kirib olish uchun Afgʻonistondan baza sifatida foydalanmoqchi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistondagi hamkasblari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda.
“Xalqaro terrorchilar yetakchilari Afgʻoniston hududini qoʻshni davlatlarga kirib olish va jihodchilarning yashirin tarmogʻini yaratish, shu jumladan, jangarilarni qaynoq nuqtalardan Afgʻonistonga koʻchirish uchun baza sifatida qaramoqda”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning soʻzlariga koʻra, mintaqada diniy radikalizm mafkurasi, narkotrafik va transchegaraviy jinoyatchilik keng tarqalmoqda, shuning uchun Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha huquq-tartibot idoralari oʻrtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish va bu borada umumiy yondashuvlarni shakllantirishi zarur, - dedi vazir.
Rossiya mudofaa vaziri biroz oldin Afgʻonistonda vaziyat jiddiyligicha qolayotgani, mamlakatda xavlar ortib borayotgani, amerikliklar qoldirgan koʻplab qurol aslaha nomaqbul qoʻllarga tushib qolayotgani haqida maʼlum qilgan edi.
Soʻnggi kunlarda Afgʻoniston ichida oʻzaro kelishmoqchilik va nizolar tobora ortib bormoqda. Xususan, Tolibon* tomonidan hukumatdan oʻrin ajratilmagani va turli diskriminatsion choralar qoʻllanilgani tufayli shimoliy viloyatlarda yashaydigan xalqlar oʻzbeklar, tojiklar va hazoralar orasida Tolibon*ga qarshi kayfiyatlar keskin kuchaygan. Yaqinda Balxab viloyati yetakchisi Maxdi Balxabi Tolibonga boʻy soʻnmasligini eʼlon qildi. 23 iyun kuni Balxabi va Tolibon kuchlari orasida boʻlib oʻtgan dastlabki toʻqnashuvda Balxabi gʻolib chiqdi, Tolibon* 20-40 kishigacha yoʻqotib chekinishga majbur boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 2021 yilda Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Afgʻoniston yangi rahbariyati Tolibon*ga (Rossiyada taʼqiqlangan) mamlakatda inklyuziv - yaʼni barcha millatlar va siyosiy partiya vakillarini qamrab oluvchi hukumat tuzish kerakligini va faqat shundan soʻng yangi hukumatni tan olishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.
*Terrorchilik faoliyati uchun Rossiyada taʼqiqlangan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0