https://sputniknews-uz.com/20220627/osiyolik-chempion-shahzod-roziohunovning-rejasi-aniq-boldi-25701099.html
Osiyolik chempion Shahzod Roʻziohunovning rejasi aniq boʻldi
Osiyolik chempion Shahzod Roʻziohunovning rejasi aniq boʻldi
Bishkek shahrida erkin yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha oʻsmirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) oʻrtasidagi Osiyo chempionatida hamyurtimiz Shahzod Roʻziohunov oltin... 27.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-27T20:16+0500
2022-06-27T20:16+0500
2022-06-27T20:16+0500
sport
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/1b/25699863_0:254:960:794_1920x0_80_0_0_534f4ff87a76eca2ac764696ef3685c6.jpg
23 iyun kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida erkin yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha oʻsmirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) oʻrtasidagi Osiyo chempionatida hamyurtimiz Shahzod Roʻziohunov oltin medalni qoʻlga kiritdi.“Toʻgʻrisi gʻalabadan umid uzib turgandik, kurashchilar charchab qolishgandi. Lekin Shahzod kurash yakunlanishining oxirgi soniyalarida bitta usul bilan eronlik raqibi Farzad Balutakini magʻlubiyatga uchratdi. Men yigʻlab yubordim”, deydi murabbiy Valijon Jonxoʻrozov.Samarqand viloyati Toyloq tumani Olimpiya zaxiralari kolleji 9-sinf oʻquvchisi Shahzod Roʻziohunov yunon-rum kurashi boʻyicha 45 kg vazn toifasida Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Endilikda u 23-27 iyul kunlari Italiyaning Rim shahrida oʻtkaziladigan Kurash boʻyicha U-20 Yevropa chempionatida ishtirok etadi.Ishonch“Biz hozirda Rimda boʻlib oʻtadigan chempionatga katta tayyorgarlik koʻryapmiz. Shahzoddan umidimiz katta. Uning gʻalabasi biz murabbiylarni ham yutugʻidir. Kelgusida kollej oʻquvchilari orasidan koʻplab Osiyo va jahon chempionlarini chiqaramiz”, - deydi faxr bilan murabbiy.Samarqand viloyati Toyloq tumani Olimpiya zaxiralari kolleji direktori Qurbonov Oʻtkir chempion oʻquvchisi haqida soʻzladi:“Kollejning barcha oʻquvchisi meni shogirdlarim, shuningdek Shahzod ham. Shogirdim kurashda gʻolib boʻlganidan juda ham xursandman. Aeroportda oʻgʻlini kutib olgan onasining koʻzidagi yoshni koʻrib men ham juda taʼsirlanib ketdim. Shahzod xalqaro bellashuvda ham faxrli oʻrin olib qaytishiga ishonaman”, deydi direktor.Kuchli hayajon“Gʻalabaga yetish oson boʻlmadi. Raqibim ancha kuchli edi, lekin men kurashayotganda onamni, akam va singlimni, murabbiylarimni koʻz oldimga keltiraverdim. Soniyalar tugab borayotgandi, bor kuchimni sarflab raqibimni yiqitdim. Kuchli hayajondan oʻzim ham baqirib yubordim”, - deydi yunon-rum kurashi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni Shahzod Roʻziohunov.Kurashchi oldindagi chempionatga tayyorlanayotganini, oʻziga bildirilayotgan yuksak ishonchni oqlashga harakat qilishini alohida taʼkidladi.Shahzod Roʻziohunov finalga qadar koreyalik Xan Ujin (8-0), yaponiyalik Tayga Kishida (6-0), qozogʻistonlik Shingizxan Abdixalimovni (3-2) magʻlubiyatga uchratgan.
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/1b/25699863_0:164:960:884_1920x0_80_0_0_0dbe8d5eeafff40e2458ab293367ef6c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston
Osiyolik chempion Shahzod Roʻziohunovning rejasi aniq boʻldi
Bishkek shahrida erkin yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha oʻsmirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) oʻrtasidagi Osiyo chempionatida hamyurtimiz Shahzod Roʻziohunov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
23 iyun kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida erkin yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha oʻsmirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) oʻrtasidagi Osiyo chempionatida hamyurtimiz Shahzod Roʻziohunov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
“Toʻgʻrisi gʻalabadan umid uzib turgandik, kurashchilar charchab qolishgandi. Lekin Shahzod kurash yakunlanishining oxirgi soniyalarida bitta usul bilan eronlik raqibi Farzad Balutakini magʻlubiyatga uchratdi. Men yigʻlab yubordim”, deydi murabbiy Valijon Jonxoʻrozov.
Samarqand viloyati Toyloq tumani Olimpiya zaxiralari kolleji 9-sinf oʻquvchisi Shahzod Roʻziohunov yunon-rum kurashi boʻyicha 45 kg vazn toifasida Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Endilikda u 23-27 iyul kunlari Italiyaning Rim shahrida oʻtkaziladigan Kurash boʻyicha U-20 Yevropa chempionatida ishtirok etadi.
Ishonch
“Biz hozirda Rimda boʻlib oʻtadigan chempionatga katta tayyorgarlik koʻryapmiz. Shahzoddan umidimiz katta. Uning gʻalabasi biz murabbiylarni ham yutugʻidir. Kelgusida kollej oʻquvchilari orasidan koʻplab Osiyo va jahon chempionlarini chiqaramiz”, - deydi faxr bilan murabbiy.
Samarqand viloyati Toyloq tumani Olimpiya zaxiralari kolleji direktori Qurbonov Oʻtkir chempion oʻquvchisi haqida soʻzladi:
“Kollejning barcha oʻquvchisi meni shogirdlarim, shuningdek Shahzod ham. Shogirdim kurashda gʻolib boʻlganidan juda ham xursandman. Aeroportda oʻgʻlini kutib olgan onasining koʻzidagi yoshni koʻrib men ham juda taʼsirlanib ketdim. Shahzod xalqaro bellashuvda ham faxrli oʻrin olib qaytishiga ishonaman”, deydi direktor.
Kuchli hayajon
“Gʻalabaga yetish oson boʻlmadi. Raqibim ancha kuchli edi, lekin men kurashayotganda onamni, akam va singlimni, murabbiylarimni koʻz oldimga keltiraverdim. Soniyalar tugab borayotgandi, bor kuchimni sarflab raqibimni yiqitdim. Kuchli hayajondan oʻzim ham baqirib yubordim”, - deydi yunon-rum kurashi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni Shahzod Roʻziohunov.
Kurashchi oldindagi chempionatga tayyorlanayotganini, oʻziga bildirilayotgan yuksak ishonchni oqlashga harakat qilishini alohida taʼkidladi.
Shahzod Roʻziohunov finalga qadar koreyalik Xan Ujin (8-0), yaponiyalik Tayga Kishida (6-0), qozogʻistonlik Shingizxan Abdixalimovni (3-2) magʻlubiyatga uchratgan.