Rossiya

Dushanbeda Putin va Rahmon muzokaralari boshlandi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishBeseda prezidenta RF V. Putina s prezidentom Tadjikistana E. Raxmonom
Beseda prezidenta RF V. Putina s prezidentom Tadjikistana E. Raxmonom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dushanbeda Putin va Tojikiston prezidenti Rahmon muzokaralari boshlandi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Vladimir Putin Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazmoqda.
Rossiya yetakchisining xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakovning soʻzlariga koʻra, prezidentlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar, shuningdek, harbiy-texnik hamkorlikni muhokama qiladilar. Afgʻonistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratadilar.
Putin va Rahmon, shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi boshqa dolzarb mavzular, jumladan, Tojikistonning YEOIIga qoʻshilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Bu ikki davlat rahbarlarining joriy yildagi ikkinchi shaxsan uchrashuvidir – avvalroq ular 16 may kuni Moskvada boʻlib oʻtgan KXSHT yubiley sammitida ishtirok etgan edi. Bundan tashqari, Putin va Rahmon yanvar oyidan beri olti marta telefon orqali gaplashgan.
Ertaga Rossiya prezidentining Kaspiy sammiti boʻlib oʻtadigan Ashxobodga borishi koʻzda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0