Jamiyat

Mirziyoyev “tonirovka” boʻyicha qarorni imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Bugun haydovchilar va yoʻlovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini koʻtaradigan qarorni imzoladim”, dedi prezident.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “tonirovka” masalasiga toʻxtaldi.
“Har bir islohotimiz, taklif va tashabbuslarimiz, bu – eng avvalo inson qadri uchun.
Shu bois, xalqimizga qanday yengilliklar bersak, u bizdan rozi boʻladi, degan savol barcha rahbarlarni har kuni, har daqiqa oʻylantirishi kerak.
Har gal joylarga chiqqanimda oddiy-oddiy odamlar bilan uchrashib, muammolarini eshitaman, yana qancha aholimizda shunday muammolar borligi haqida oʻylayman va unga yechim qidiraman.
Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilayotgan masalalardan ham xabardorman.
Mana, bugungi kunda mamlakatimizda yengil avtomashinalar soni 3,5 milliondan oshdi. Haydovchilarimizda ham koʻplab eʼtirozlar toʻplanib qolgan.
Shu bois, bugun haydovchilar va yoʻlovchilar anchadan beri kutgan, ularning kayfiyatini koʻtaradigan qarorni imzoladim”, dedi prezident.
1 iyuldan boshlab:
- avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilinadi, yaʼni bepul boʻladi;
- old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;
- ishlab chiqarilganiga 10 yildan koʻp boʻlmagan yengil mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi bekor boʻladi.
Endi, 10 yildan 15 yilgacha boʻlgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq boʻlganlari esa bir yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
"Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman.
Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yoʻqotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish boʻyicha Ishchi guruhi barcha yoʻnalishlarda muntazam ishlayapti.
Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar boʻyicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi prezident yigʻilish yakunida.
Yangiliklar lentasi
0