COVIDga ixtisoslashgan poliklinikalar qayta ochildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya lecheniya bolnix Covid-19
Gospital dlya lecheniya bolnix Covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Kasallikning hozirgi kundagi alomatlari: yuqori harorat, tomoq og‘rig‘i va burun oqishi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toshkentning 12 ta tumanida COVID-19ga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta tashkil etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, mamlakatda ketma-ket uch yildirki, aynan yoz chillasida koronavirus infeksiyasi avj olmoqda.
Kasallikning aholi orasida keng tarqalishini oldini olish va uning asoratlarini yanada kamaytirish maqsadida maxsus poliklinikalar 24 soat davomida faoliyat olib bormoqda.
Ularda fuqarolardan PZR-test olinib, “COVID-box”lar berilishi yo‘lga qo‘yilgan. Og‘ir bemorlar esa koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalarga gospitalizatsiya qilinadi.
1-sonli Zangiota maxsus yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, kasallanish holatlari ko‘p bo‘lgani bilan, bemorlarda og‘ir va ranimatsion holatlar, shuningdek o‘pka zararlanishlari ancha kam uchramoqda.
“Murojaat qilganlarning 90 foizi vaksina qabul qilmaganlar, qolgan 10 foizi vaksina qabul qilgan lekin 1-yildan oshiq vakt o‘tgan. Kasallikning hozirgi kundagi alomatlari bu baland istima ko‘tarilishi, tomoq og‘rig‘i va burun oqishi. O‘pkaning zararlanish holatlari juda kamdan kam uchramoqda”, deydi Hilola Alimova.
Hozirda ushbu muassasalarda xastalikni erta bosqichlarda aniqlash, bemorlarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish hamda zarur davo muolajalari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuni O‘zbekistonda 91 kishida kasallik aniqlandi. Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240569 nafarga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0