Kaspiybo‘yi sammiti: Tokayev oziq-ovqat xabi tashkil qilishni taklif qildi

© Ofitsialniy sayt Prezidenta Respubliki KazaxstanPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston dunyoda kuzatilayotgan global notinchlik sharoitida Kaspiy dengizining ahamiyati yanada oshadi.
TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Bugun Ashxobodda bo‘lib o‘tayotgan Kaspiybo‘yi davlat rahbarlari sammitida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev kaspiybo‘yi davlatlari oziq-ovqat xabi yaratishni taklif qildi.
"Davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlash uchun zamonaviy logistika infratuzilmasini izchil rivojlantirish zarur. Shuning uchun biz minimal xarajatlar bilan o‘zaro savdo hajmini oshiradigan Kaspiy oziq-ovqat xabi yaratishni taklif qilamiz", — dedi u kengaytirilgan yig‘ilishda.
Tokayev aytishiga ko‘ra, "Qozog‘iston go‘sht va sut mahsulotlari eksportini ko‘paytirish salohiyatiga ega”.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti dunyoda bugungi kunda kuzatilayotgan misli “global bo‘ron” (notinchlik) sharoitida Kaspiy dengizining ahamiyati oshdi, deb hisoblaydi.
"Aqtauda bo‘lib o‘tgan tarixiy sammitdan to‘rt yil o‘tdi. Shu vaqt ichida dunyoda keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Misli ko‘rilmagan “global bo‘ron” sharoitida Kaspiy dengizi geostrategik joylashuvi, boy tabiiy resurslarning va noyob tranzit salohiyati tufayli alohida ahamiyatga ega" - dedi Tokayev.
Tokayevning qo‘shimcha qilishicha, to‘rt yil oldin bo‘lib o‘tgan Aktau sammiti butun dunyo hamjamiyatiga Kaspiybo‘yi davlatlari eng murakkab masalalarni faqat tinch yo‘l bilan, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik ruhida hal etishga qodirligini namoyish etadi.
Yangiliklar lentasi
0