Surxondaryoda yana bir neandertal odam makoni aniqlandi

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiPeshera Xatak v Surxandarinskoy oblasti
Peshera Xatak v Surxandarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
G‘or ichida qadimgi tosh qurollar,dumaloq o‘choq qoldiqlari va kul saqlanib qolgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Surxondaryoning Xatak g‘oridan 100-60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi topildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiPeshera Xatak v Surxandarinskoy oblasti
Peshera Xatak v Surxandarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Peshera Xatak v Surxandarinskoy oblasti
Aytilishicha, o‘tgan yili Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasi, Xatak bo‘limi, Bog‘li dara massivida 100-40 ming yillikka oid neantertal odam makoni topilgan. Hozirda arxeologlar qazishma ishlarini olib borishmoqda.
Qazishma davomida 100-60 ming yil oldin yashagan neandertal odami hayotining to‘liq va buzilmagan manzarasi (kul, dumaloq o‘choq qoldiqlari) saqlanib qolganligi aniqlandi.
Shuningdek, vertikal qoyaning yuzasida 15-20 m balandlikda hosil bo‘lgan va kirish juda qiyin bo‘lgan qismida tosh qurollar, yovvoyi hayvonlarning maydalangan suyaklari ham topildi.
“G‘orning fan uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Surxondaryo viloyatining nafaqat tog‘li Boysun tumani, balki Sherobod tumani ham ilk insonlar makoni sifatida o‘z isbotini topdi”, deyiladi xabarda.
Hozirda qazishma ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida paleolit davriga oid yodgorlik topilgandi. Unda Ko‘hitang tog‘ining ichki qismida ko‘plab g‘orlar shakllangani va ularning birida ibtidoiy odam ajdodlari mavsumiy boshpana sifatida foydalangani aniqlangan edi.
© Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryodan yana bir neandertal odam makoni aniqlandi
Surxondaryodan yana bir neandertal odam makoni aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Surxondaryodan yana bir neandertal odam makoni aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0