Jamiyat

Vazirlik: 1 iyuldan elektr va gaz tariflariga oʻzgartirishlar kiritilmaydi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishRosstandart vvel novыe pravila proverki schetchikov
Rosstandart vvel novыe pravila proverki schetchikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Energetika vazirligi: 2022 yil 1 iyuldan elektr va gaz tariflariga oʻzgartirishlar kiritilmaydi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Energetika vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishchi guruh tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qildi.
Loyiha doirasida fuqarolardan mingdan ortiq murojaat kelib tushgan boʻlib, ayni paytda Energetika, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, tahlil qilinmoqda.
Qabul qilingan takliflar boʻyicha barcha xulosalar va mutaxassislarning xulosalari taqdim etilgandan soʻng, ushbu masala boʻyicha yakuniy va tegishli qaror qabul qilinadi.
Qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga koʻra, tariflarning oʻzgarishi hukumat qarori qabul qilingan kundan boshlab 15 kundan keyin kuchga kiradi.
“Shu munosabat bilan, 2022 yil 1 iyuldan elektr va gaz tariflariga oʻzgartirishlar kiritilmasligini maʼlum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0