Iqtisod

Oʻzbekiston va Xitoy toʻqimachilik sanoati boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi

© Sputnik / Mariya Naumenko Tekstilnaya fabrika v Muynake, kotoraya stala mestom rabotы dlya 700 chelovek
 Tekstilnaya fabrika v Muynake, kotoraya stala mestom rabotы dlya 700 chelovek - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xitoy Oʻzbekiston bilan toʻqimachilik sanoatida aksessuarlar va furnituralarni ishlab chiqarish texnologiyalar bilan boʻlishishga tayyor.
TOSHKENT, 30 iyun- Sputnik. Oʻzbekiston va Xitoy tadbirkorlari toʻqimachilik sanoatida hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Buning uchun Pekin oʻzbekistonlik tadbirkorlarga toʻqimachilik sanoatlarida aksessuarlar va furnituralar bilan boʻlishishga tayyorligini bildirdi, deydi “Oʻztektilsanoat” Asosiatsiyasi raisi Ilhom Haydarov.
© SputnikUzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promыshlennosti
Uzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promыshlennosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Uzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promыshlennosti
30 iyun kuni Toʻqimachilik sanoati tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha ikkinchi Oʻzbekiston-Xitoy forumida “Oʻztekstilsanoat” Oʻzbekistondagi xitoylik tadbirkorlar assosiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Forum ishtirokchilari Oʻzbekistonda paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni koʻpaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Eslatib oʻtish joiz, respublika hukumati paxta hosildorligini 1 million tonnadan 1,3 million tonnaga oshirishni rejalashtirgan.
© SputnikUzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promыshlennosti
Uzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promыshlennosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Uzbekistan i Kitay podpisali memorandum o sotrudnichestve v tekstilnoy promыshlennosti
Bu yangi ish oʻrinlarini yaratishni ham talab qiladi deydi forum spikerlari. Bugungi kunda tekstil sanoatida 400 ming fuqaro ish bilan taʼminlangan. Ichki qayta ishlab chiqarish darajasi esa 100% ga yetgan.
“Hozirda mamlakatda dunyo bozorida yaqori raqobatni yaratadigan 134 ta paxta klasterlari faoliyat yuritmoqda”, - deydi Ilhom Haydarov.
Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, yil soʻnggida toʻqimachilik sanoatidan 3 mlrd. AQSH dollaridan ortiq daromad olish kutilmoqda.
Ayni paytda 5342 ta korxona toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahrida, shuningdek, Fargʻona va Andijon viloyatlarida joylashgan (ushbu viloyatlarga jami 2223 ta korxona toʻgʻri keladi).
Oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarining asosiy importchilari qoʻshni mamlakatlar. Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil boshi holatiga koʻra, Rossiya toʻqimachilik importchilari orasida birinchi oʻrinni egallagan (39,4 million dollar). Oʻtgan yil davomida Rossiyaning Wildberries onlayn-riteyleri 2020-yilga nisbatan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar savdosining 90 foizga oshganini qayd etdi. Kompaniya matbuot xizmatining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga qiziqishda paxta sifati sabab boʻlmoqda.
Keyingi oʻrinda Qirgʻiziston - 2022-yil yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistondan 24,1 million dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini sotib olgan boʻlsa, uchinchi oʻrinni egallagan Qozogʻiston – 3,1 million dollarga toʻqimachilik mahsulotlarini sotib olgan.
Yangiliklar lentasi
0