Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari "Zmeiniy" orolini oʻz ixtiyori bilan tark etdi

Ostrov Zmeinыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqishga toʻsqinliq qilmayotganini namoyish qilish maqsadida Rossiya qoʻshinlari "Zmeiniy" orolini ixtiyoriy ravishda tark etishdi.
TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylarning "Zmeyniy" orolidan olib chiqilishi toʻgʻrisida alohida bayonot eʼlon qildi.
Unday aytilishiga koʻra, ushbu tashabbusdan maqsad Rossiya harbiylari Ukrainadan qishloq xoʻjalik mahsluotlarini olib chiqishga toʻsqinlik qilmayotganini namoyish qilish.
“Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi BMTning Ukraina hududidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun gumanitar yoʻlak tashkil etish boʻyicha saʼy-harakatlariga toʻsqinlik qilmasligi jahon hamjamiyatiga namoyish etildi".
"Ushbu qaror Kiyevga yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozi mavzusida, Qora dengizning shimoli-gʻarbiy qismida Rossiyaning toʻliq nazorati ostida boʻlgan donni eksport qilishning iloji yoʻqligiga ishora qilishiga imkon bermaydi".
"Endi soʻz Ukraina tomonida, u hali ham qirgʻoqlari yaqinidagi Qora dengiz qirgʻoqlarini, shu jumladan port suvlarini (minalardan - tahr.) tozalamayapti".
Maʼlumot uchun, Ukrainaning Odessa portida don mahsulotlari ortilgan bir necha xorijiy kemalar ketishga ruxsatnoma kutib turibdi. Ukraina rasmiylari ularga "dengizga chiqish xavfli" deya portni tark etishga ruxsat bergani yoʻq, va ushbu xavflarning paydo boʻlishida Rossiya tomonini ayblamoqda. Rossiya tomoni esa Ukrainada oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqishga toʻsqinlik qilmaganini va Qora dengizda tinchlik koridori tashkil qilganini bir necha bor taʼkidlagan edi, lekin Ukraina tomoni koridorni tasdiqlamagan va xorijiy kemalar chiqib ketishiga yoʻl ochib bermagan.
Yangiliklar lentasi
0