Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan olishga qaror qildi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishOsvobojdennaya ot boyevikov krepost Krak de Shevalye v Sirii
Osvobojdennaya ot boyevikov krepost Krak de Shevalye v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna bo‘lish
Suriya ham Lugansk Xalq Respublikasi, ham Donesk Xalq Respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olishga qaror qildi
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. 29 iyun kuni Suriya Arab Respublikasi Donesk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakiliga tayanib, SANA axborot agentligi xabar berdi.

“Suriya Arab Respublikasi ham Lugansk Xalq Respublikasi, ham Donesk Xalq Respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olishga qaror qildi”, - deyiladi xabarda.

Nashrlarning yozishicha, Suriya tomoni hamkorlikni mustahkamlash va diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlar yuzasidan har ikki respublika bilan bog‘langan.
Suriyaning DXRni tan olish niyati borligi iyun oyi o‘rtalarida respublika rahbari Denis Pushilin tomonidan ma’lum qilingan edi. Suriya Prezidenti Bashar al-Assad DXR delegatsiyasining Damashqqa tashrifi chog‘ida protsedura boshlanganini ma’lum qildi.
21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donesk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan edi.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0