Siyosat

TIVda “yumshoq kuch” boshqarmasi tashkil etildi

© Sputnik / Zafar XalilovMID Uzbekistana
MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi boʻlinma Oʻzbekistonning ijobiy imijini ilgari surish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida Madaniy-gumanitar aloqalar, turizm va sport masalalari boshqarmasi tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo”AA xabar berdi.
Ushbu boʻlinma madaniyat, fan va taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport va turizm, gumanitar aloqalar sohalarida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish faoliyati bilan shugʻullanadi.
Aytilishicha, boʻlinma Oʻzbekistonning belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha tashqi siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Shuningdek, tsivilizatsiyalarning global muloqotida mamlakatning faol pozitsiyasini taʼminlash va Oʻzbekistonning ijobiy imijini ilgari surishda muvofiqlashtiruvchi oʻrin tutadi.
Xorijiy muzey fondlari, arxivlari va kollektsiyalarida saqlanayotgan Oʻzbekistonning milliy madaniy va ilmiy meroslarini izlab topish, qaytarish, shu jumladan asl nusxalarning dublikatlarini olish orqali qaytarishda ishtirok etadi.
Oʻzbek tili, madaniyati, tarixi, adabiyotini xorijda oʻrganish va taqdim etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashadi.
Boshqarma vakolatiga kiruvchi yoʻnalishlar boʻyicha talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida akademik shartnomalar hamda memorandumlar tuzish choralarini koʻradi.
Qolaversa, yangi boshqarma faoliyatida “yumshoq kuch”, xalq, madaniy va sport diplomatiyasi vositalaridan keng foydalanishga ustuvor ahamiyat beriladi.
1 iyuldan boshlab Tashqi ishlar vaziri maslahatchisiAnvar Abduhalimov bir vaqtning oʻzida ushbu boshqarmaga rahbarlik qiladi.
Maʼlumot uchun, Anvar Abduhalimov 1986 yilda Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Xorijda tarjimon boʻlib ishlagan, oʻqituvchilik bilan shugʻullangan, Mehnat vazirligida faoliyat koʻrsatgan. U 1999 yildan boshlab TIV Markaziy apparatida va chet eldagi diplomatik vakolatxonalarda turli lavozimlarda mehnat qilgan. Anvar Abdurahimov 2018-2021 yillarda Oʻzbekistonning Oʻmon Sultonligidagi elchisi lavozimida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0