Siyosat

Iyul oxirida Toshkentda Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtadi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Anjumanda Afgʻonistonni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalashuvi masalalari koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Toshkentda 25-26 iyul kunlari Afgʻoniston boʻyicha 20 dan ortiq mamlakatlar ishtirokida xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtadi. Bu haqida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Anjumanda Afgʻonistonda xavfsizlik, urushdan keyingi tiklanishga koʻmaklashish va barqarorlik masalalari boʻyicha jahon hamjamiyatining kompleks chora-tadbirlari va takliflari ishlab chiqiladi hamda mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalashuvi masalalari koʻrib chiqiladi, - deyiladi xabarda.

Anjuman 2018 yil oʻtkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali hamda 2021 yilda boʻlib oʻtgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent xalqaro konferentsiyalarining mantiqiy davomi boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0