Jamiyat

Iyul oyida Oʻzbekiston aholisini qanday ob-havo kutmoqda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFontan na ploщadi Mustakillik - ostrovok raya i radosti dlya detey i ix roditeley
Fontan na ploщadi Mustakillik - ostrovok raya i radosti dlya detey i ix roditeley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iyul oyi ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat asosan 35-38 daraja issiq atrofida boʻlishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Iyun oyining soʻnggi kunida Oʻzbekiston hududining katta qismida harorat biroz pasayishni boshladi va bu 1 iyul kunida ham davom etadi, deya xabar berdi “Oʻzgidromet”.
Unga koʻra, 2-3 iyul kunlari mamlakat hududining katta qismida harorat yana 40-41 daraja issiqqacha koʻtariladi. Janub eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42-45 daraja issiq oraligʻida boʻladi.
Keyingi kunlarda nisbatan salqin havo kutilmoqda. 3 iyulda shimoliy hududlarda, 4-5 iyul kunlari Oʻzbekiston barcha hududlari boʻyicha havo harorati yoz fasli uchun 30-33 daraja issiq boʻlgan qulay qiymatlargacha pasayadi, soʻng bir necha kun davomida 34-37 daraja issiq, janubda 38-40 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.
Iyul oyi ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat asosan 35-38 daraja issiq atrofida boʻlishi, ayrim kunlari baʼzi joylarda 40-42 daraja issiqqacha koʻtarilishi kutilmoqda.
Iyul oyida yomgʻir yogʻish ehtimoli kam, faqat togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Maʼlumot uchun, joriy yilning iyun oyi oxirida Oʻzbekiston aholisi kuchli issiqning birinchi toʻlqinini boshdan kechirdi. 25 iyundan boshlab maksimal havo harorati kundan-kunga oshib bordi.
27-28 iyun kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 29 iyunda hududlarning katta qismida issiq maksimal darajaga yetdi. Ushbu kunlarda termometr ustuni kunning ikkini yarimida 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 44-46 darajagacha koʻtarildi. Qizilqumning ayrim hududlarida havo harorati 47 darajaga yetdi, bu meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori iyun oyi qiymatlariga yaqinlashdi. Xorazm viloyatida, Qoraqalpogʻistonning, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining ayrim tumanlarida iyun oyi uchun maksimal havo harorati boʻyicha yangi rekordlar oʻrnatildi.
Yangiliklar lentasi
0