Jamiyat

Men nafaqat Oʻzbekiston, balki Qoraqalpogʻistonning ham farzandiman – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet molodej Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet molodej Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev bagʻrikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardona yengib oʻtadigan qoraqalpoq xalqini yuragidan eʼzozlashini bildirdi.
TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. 30 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi va nutq soʻzladi. Nutqining avvalida Yangi Oʻzbekistonning barcha yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
“Albatta, sizlar bilan uchrashish, koʻnglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan oʻrtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va gʻurur bagʻishlaydi. Sizlarning shijoat va intilishingizni koʻrib, yonib turgan koʻzlaringizga boqib, oʻzimga bitmas-tuganmas kuch olaman”, - dedi prezident.
© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari dunyodagi murakkab vaziyatga ham toʻxtalib oʻtdi.
“Dunyodagi murakkab vaziyatni oʻzingiz koʻrib turibsiz. Har kuni yangi-yangi xavf-xatarlar va tashvishlarga duch kelayapmiz. Bunday vaziyatlarda xalqimizning irodasi va matonatiga tayanib, Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan yagona toʻgʻri yoʻlni topish uchun birgalikda intilmoqdamiz. Mehnatkash va bagʻrikeng, olijanob xalqimiz, sizday bilimli, faol va shijoatli oʻgʻil-qizlarim bor ekan, biz har qanday qiyinchiliklarni albatta yengib oʻtamiz!”, - deya taʼkidladi Mirziyoyev.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki yilda 400 nafar yosh oʻgʻil-qizlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali chet ellardagi eng nufuzli oliygohlarda oʻqishga yuborilgan.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
“Misol uchun, toshkentlik Lamiya Xudoyarova Oksford universitetiga, buxorolik Rasulbek Bahodirov London universitetiga, samarqandlik Nilufarxon Roʻziyeva Chikago universitetiga oʻqishga qabul qilindi. Bunday yigit-qizlar har bir viloyatimizda koʻplab topiladi. Iqtidorli yoshlarimiz soʻnggi bir yil ichida xalqaro fan olimpiadalarida 255 ta medalni qoʻlga kiritdi. Shu bilan birga, joriy yilda 382 nafar sportchi yoshlarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda 419 ta sovrinli oʻrinlarni egalladi. Jumladan, Nodirbek Abdusattorov va Umida Omonova – tezkor shaxmat boʻyicha, Zuhriddin Qodirov qilichbozlik boʻyicha jahon chempioni boʻlgani, 23 yoshgacha futbolchilarimiz Osiyo chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgani, shubhasiz, butun xalqimizga gʻurur bagʻishladi. Men ana shunday ilmli, irodali va qobiliyatli farzandlarimiz borligidan faxrlanaman. Ularning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga alohida rahmatlar aytaman”, - dedi Mirziyoyev.
Prezident shu kunlarda mamlakatda Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlarning umumxalq muhokamasi davom etayotganini eslatdi.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
“Albatta, yangilanayotgan Konstitutsiya, bu – sizlarning Konstitutsiyangiz! Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ham yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan sizlarga, butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: Hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan, Yangi Oʻzbekistonni hamda Uchinchi Renessansning bunyodkorlarisiz. Ana shunday sharafga munosib boʻlish yoʻlidagi intilishlaringiz va hayotda oʻz oʻrningizni topishingiz uchun bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni toʻliq safarbar etamiz. Men Prezident sifatida sizlar oʻz oldingizga qoʻygan reja va marralarga erishishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanimni bugun yana bir bor taʼkidlamoqchiman”, - dedi davlat rahbari yoshlarga murojaat qilib.
Prezident yoshlarga oʻz oldiga qoʻygan reja va marralarga erishishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston yoshlari va rahbariyatiga murojaat qilar ekan, buyuk qoraqalpoq xalqini, buyuk qoraqalpoq xalqi yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
“Bagʻrikeng, tanti, qiyinchiliklarni mardona yengib oʻtadigan qoraqalpoq xalqini yuragimdan eʼzozlayman va mehr bilan aytamanki, men nafaqat Oʻzbekiston farzandiman, balki men gʻurur bilan qoraqalpoq farzandiman, deb yana bir bor taʼkidlamoqchiman!”, - dedi prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili kuzda Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurib, Boʻzatov tumani yoshlari bilan qoʻshiq kuylaganini esga oldi va Boʻzatovni "Oʻzbekistonning madaniy oʻchogʻi, madaniy markazi" deb atadi.
© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Prazdnovaniye Dnya Molodeji v Tashkente
“Men sizlarga ishonaman va sizlar bilan faxrlanaman, aziz bolalarim! Fursatdan foydalanib, barchangizni bugungi unutilmas bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga mustahkam sogʻliq, tuganmas kuch-gʻayrat, ulkan yutuq va zafarlar tilayman”, - dedi prezident soʻzining yakunida.
Yangiliklar lentasi
0