Madaniyat

Toshkentda rossiyalik mashhur artistlar kontserti boʻladi

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishPevets Timati
Pevets Timati - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyalik taniqli qoʻshiqchilar - Timati, Mot, Djigan va boshqa rus yulduzlari Toshkentda kontsert beradi.
TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Iyul oyida poytaxtda rossiyalik taniqli yulduzlar ishtirokida kontsert boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbir "Multi Fest" deb nomlandi.
Tadbir boʻlib oʻtadigan joy va uning vaqti allaqachon maʼlum. Festival 22 iyul kuni soat 19.00 da “Humo Arena”da oʻtkaziladi. Kontsertda Timati, Djigan, Mot va Nazima kabi rossiyalik ijrochilar ishtirok etishadi. Shuningdek, tadbirda asli toshkentlik boʻlgan Ternovoy ham qatnashadi.
U "Pesni na TNT" rus shousida Terry taxallusi ostida shuxrat qozondi va shundan soʻng Black Star musiqiy yorligʻiga qoʻshildi. Oʻtgan yili mart oyida musiqachi kompaniyani tark etgan.
Chiptalar narxi 150 000 mingdan 1,3 million soʻmgachani tashkil qilmoqda.
Ularni onlayn va kassa orqali sotib olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0