Konstitutsion komissiya Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni kuzatib bormoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovrukovoditel press-slujbi Konstitutsionnoy komissii Odiljon Tojiyev
rukovoditel press-slujbi Konstitutsionnoy komissii Odiljon Tojiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2022
Obuna bo‘lish
Ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga uringan ig‘vogarlar qoraqalpoq xalqining umumiy fikrini ifoda qilmaydi - Konstitutsion komissiya.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Konstitutsion komissiya Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, deb yozmoqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Qonunchilik palatasi vitse-spikeri, Konstitutsion komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev.
"Kecha barchamiz jondo‘st qoraqalpoq zaminida ro‘y bergan voqealar rivojini kuzatdik. Xususan, Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatdi, tarmoqda yangrayotgan fikrlarni tahlil qilib bordi. Bir guruh populistlar provakatsion harakatlar natija berishidan umid qilib, shiorbozlikka berilib, xalqni ko‘chaga chiqishga chorladi.
Ta’kidlaymizki, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan taqdim qilingan qonun loyihasi oxir-oqibat O‘zbekiston xalqining, jumladan, Qoraqalpoqlarning ham orzu-intilishlari ifodasi bo‘ladi. Ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga uringan ig‘vogarlar qoraqalpoq xalqining umumiy fikrini ifoda qilmaydi.
Hujjat tor doirada muhokama qilinmayapti, umumxalq muhokamasi o‘tkazilayapti. Shu omilning o‘ziyoq davlatning ochiqlik siyosati, har bir ishda xalq fikri bilan hisoblashishini ko‘rsatadi. Demokratiya va oshkoralikni ommaviy tartibsizlikka aylantirish qanday oqibatlarga olib kelganiga hozir o‘nlab misollab keltirishim mumkin. Lekin, shusiz ham hammasini his qilib turibsiz, deb o‘ylayman.
Komissiya ushbu holatga doir rasmiy munosabatini beradi. Hozir esa qisqacha qilib bir gapni aytishimiz mumkin: xalq fikrini ifoda qiladigan minbarlar, muhokama maydonlari – provakatorlarning resurslari emas.
Biz bu vaziyatga yanada jiddiy yondashishimiz lozimligini tobora ravshanroq tushunayapmiz", - deb yozgan Odiljon Tojiyev.
Konstitutsiya islohoti

O‘zbekistonda 2023-yilda konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda 2022-yilda Meningkonstitutsiyam.uz va boshqa platformalar yordamida aholidan 220 mingdan ortiq Bosh qonunni takomillashtirishga qaratilgan fikr va mulohazalar jamlangan edi.

Keyinchalik ular xalqaro va mahalliy ekspertlar yordamida umumlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Yangi Qonun loyihasi bir necha oy davomida muhokama qilinganidan so‘ng joriy yilning mart oyida Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va umumxalq referendumini o‘tkazish 2023-yil 30-aprel kuniga belgilandi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0