Ozod qilingan lisichanskliklar xalaskorlardan minnatdor. Ular birinchi navbatda markaziy maydonda Gʻalaba bayrogʻini oʻrnatishdi. 02.07.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-07-02T18:25+0500
2022-07-02T18:25+0500
2022-07-02T18:31+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Ittifoqchi kuchlar Lisichansk markaziga kirib kelishdi. Bu haqida birinich boʻlib Ramzan Qodirov xabar qildi. Ittifoqchi kuchlarning boshqa boʻlinmalari ham qanotlardan muvaffaqiyatli hujum qilib, shaharni ozod qilishdi. Shaharda koʻp soni tinch aholi qolgan. Ukraina harbiylari ularga ularga Lisichanskni tark etish imkoniyatini bermagan. Ozod qilingan lisichanskliklar xalaskorlardan minnatdor. Ular birinchi navbatda markaziy maydonda Gʻalaba bayrogʻini oʻrnatishdi. Endi shahardagi tinch aholi hech qanday tahdid yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak. Maʼlumki, ukrain natsistlarning sevimli taktikasi - turli xil portlovchi moslamalar va tuzoqlar oʻrnatib ketishdir. Shu sababli, shaharni minalardan - tozalash navbatdagi ustuvor vazifadir.
Ozod qilingan lisichanskliklar xalaskorlardan minnatdor. Ular birinchi navbatda markaziy maydonda Gʻalaba bayrogʻini oʻrnatishdi.
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Ittifoqchi kuchlar Lisichansk markaziga kirib kelishdi. Bu haqida birinich boʻlib Ramzan Qodirov xabar qildi.
Apti Alaudinov qoʻmondonligidagi boʻlinmalar va LXR xalq militsiyasining 2-korpusi jang bilan butun shaharni kesib oʻtishdi va uning markaziga etib borishdi, deyilgan xabarda.
Ittifoqchi kuchlarning boshqa boʻlinmalari ham qanotlardan muvaffaqiyatli hujum qilib, shaharni ozod qilishdi.
Shaharda koʻp soni tinch aholi qolgan. Ukraina harbiylari ularga ularga Lisichanskni tark etish imkoniyatini bermagan. Ozod qilingan lisichanskliklar xalaskorlardan minnatdor. Ular birinchi navbatda markaziy maydonda Gʻalaba bayrogʻini oʻrnatishdi.
Endi shahardagi tinch aholi hech qanday tahdid yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak. Maʼlumki, ukrain natsistlarning sevimli taktikasi - turli xil portlovchi moslamalar va tuzoqlar oʻrnatib ketishdir. Shu sababli, shaharni minalardan - tozalash navbatdagi ustuvor vazifadir.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.