Dunyoda

Tolibon* amiri Afgʻoniston rivojlanish strategiyasining asosiy nuqtalarini sanab oʻtdi

© AP Photo / Khwaja Tawfiq SediqiFlag talibov
Flag talibov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kobulda 1 iyul kuni Afgʻonistonning barcha hududlaridan kelgan 3000 dan ortiq vakillar ishtirokida umumafgʻon ulamolar kengashi (Loyya-jirgʻa) boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Tolibon* amiri Haybatulloh Oxundzoda Kobuldagi ulamolar majlisida nutq soʻzladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afgʻoniston.
Oxunzoda nutqidan asosiy fikrlar quyidagilar:
️Men qonun chiqarmayman, lekin ulamolar nimani lozim koʻrsa, shuni bajaraman;
️Respublika rejimi davrida afgʻonlarga zulm qilishda qatnashganlarning hammasini kechirdim. Oʻtgan qilmishlari uchun qasos olish maqsadida ularni taʼqib qilishga uringanlar jazolanadi. Ammo bu ularni yangi hokimiyatga kiritish kerak degani emas. Biz afgʻonlarga qarshi jang qilmoqchi emasdik, lekin xorijlik bosqinchilar ularni oʻz qalqoni sifatida foydalandi;
️Xalqaro yordam afgʻon iqtisodini qura olmaydi, aksincha, uni yanada qaram qiladi. Biz tadbirkorlardan qaytishni, oʻz mamlakatiga sarmoya kiritishni, bu yerda korxonalar ochishni soʻraymiz – ularga hech narsa tahdid solmaydi;
Jihod gʻalabasining narxi katta qon bilan toʻlandi. U qanday shiorlar ostida ilgari surilgan boʻlsa, ular hozir amalda tatbiq etilmoqda. Afgʻonlarga qarshi hatto yadro quroli ishlatishsa ham - ular kofirlarga bosh egmaydi. (AQSH Afgʻonistonda - "barcha bombalarning onasi" (GBU-43) , eng kuchli yadrosiz bombani tashlagan edi);
️Hukumat adolat ustida turadi, adolat oʻrniga qatagʻon kelsa - uning qulashi muqarrar. Biz korruptsiya, tarafkashlik, qatagʻon va etnik kamsitishlarga barham berishimiz kerak;
Hech bir davlat mustaqilliksiz rivojlana olmaydi. Chet elliklar bizga aytmasinlar: bu bizning mamlakatimiz va biz ularning buyrugʻi bilan Qodir Tangriga zid boʻlgan ishlarni qilmaymiz. Adolatli kurashda magʻlub boʻlgan dushman endi fitna va tashviqot orqali oʻz maqsadlariga erishishga harakat qilmoqda;
️Jangchilar mardonavor kurashdilar, ammo hozir boshыa zamon keldi: davlat qurilishi ji=od emas. Bunda olimlar oldinga chiqadi. Bir-biriga maslahat berib, amaldorlar ham oʻzaro yordam koʻrsatib ishlash kerak. Birlik boʻlmasa, mamlakat omon qolmaydi;
️Afgʻonlar Tolibonga toʻgʻri maslahat bilan yordam berishlari kerak. Lekin bu ularga Tolibon* kamchiliklarini ommaviy axborot vositalarida boʻgʻib koʻrsatishga haq bermaydi. Bu faqat hukumat va xalq oʻrtasida nizo chiqaradi.
Mahalliy OAVlar xabariga koʻra, 1 iyul kuni Kobulda Afgʻonistonning barcha hududlaridan kelgan 3000 mingdan ortiq ulamolar ishtirokida umumafgʻon ulamolar kengashi (Loyya-jirgʻa) boʻlib oʻtgan. Undan bir qator muhim qarorlar qabul qilingan, jumladan kelgusida davlat boshqaruvida ishtirok etuvchi 100 nafar oqsoqolllar kengashi ham saylangan. Lekin Afgʻonistondagi muxolifat kuchlar vakillari aytishiga koʻra tolibon* tomonidan tashkil qilinagn ushbu yigʻin - bu shunchaki koʻzboʻyamachilik, unda barcha millat va elat vakillari ishtiork etmagan.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida boʻlgan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0