Jamiyat

Parlament Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni tasdiqladi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Tashkent. Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Parlament Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqladi.
TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining "Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida"gi farmoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida koʻrib chiqildi. Bu haqda parlament axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Konstitutsiyaning 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va "Favqulodda holat toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati quyidagicha qaror qilgan:
· Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi "Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida"gi PF–164-sonli farmoni tasdiqlanadi;
· Ushbu qoʻshma qaror darhol prezidentga yuboriladi;
· Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0