Siyosat

Mirziyoyev va Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi - koʻrib chiqilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Qozogʻiston prezidenti davlat rahbari tomonidan Qoraqalpogʻistonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qoʻyish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan qatʼiy chora-tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatladi.
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish nuqtai nazaridan koʻp tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
Oʻtgan hafta Bishkek shahrida oʻtgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi boʻyicha uch tomonlama muzokaralarining natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0