Qirolicha Yelizaveta ІІ o‘z vazifalarining bir qismini o‘g‘liga topshirdi

© AFP / POOL / Chris JacksonKoroleva Velikobritanii Yelizaveta II
Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
Qirolichaning bir qator mas’uliyatli rasmiy vazifalari 73 yoshli Uels shahzodasi zimmasiga o‘tadi.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Bukingem saroyi 96 yoshli qirolicha monarx sifatida "bajarishi kerak bo‘lgan" vazifalarning bir qismini qisqartirdi. Bu haqda Daily Mail saroy manbasiga tayanib xabar berdi.
Aytilishicha, saroyning yillik hisobotida o‘n yil ichida birinchi marta qirolichaning vazifalari tahrirlangan.
Qirolicha Yelizaveta ІІ ning vazifalariga parlamentning rasmiy ochilishi, Bosh vazirni tayinlash, shuningdek, davlat tashriflari va boshqa davlatlar rahbarlarini qabul qilish kiradi.
Hujjatda qirolichaning vazifalari "qator parlament va diplomatik vazifalarni o‘z ichiga oladi" degan mazmun bilan birmuncha yumshatilgan. Qirolicha shuningdek, mamlakatga tashrif buyurgan davlat rahbarlarini ham qabul qiladi.
Nashrning yozishicha, qirolichaning bir qator mas’uliyatli rasmiy vazifalari 73 yoshli Uels shahzodasi zimmasiga o‘tadi.
Qayd etilishida, bu “kardinal” o‘zgarish emas, balki yubileydan keyingi kichik yangilanishdir.
Ma’lumot uchun, qirolicha Yelizaveta II 1952-yil taxtga o‘tirgan. O‘shanda u 26 yoshda bo‘lgan.
U yetti mamlakat jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika, Pokiston va Seylonning hamdo‘stlik rahbari va qirolichasi hisoblanadi.
70 yildan ortiq hokimiyat tepasida bo‘lib turgan qirolicha, bu yil 96 yoshini nishonladi.
Yangiliklar lentasi
0