Qoraqalpog‘istondagi namoyishda necha kishi jarohatlangani aytildi

© aokamediakontentMilliy gvardiya matbuot kotibi Davron Jumanazaro
Milliy gvardiya matbuot kotibi Davron Jumanazaro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda shifoxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va og‘ir ahvolda bo‘lganlari ham bor.
TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda yuzaga kelgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida 243 nafar fuqaro turli jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat qilgan. Ular orasida huquq-tartibot organlari xodimlari ham bor. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot kotibi Davron Jumanazarov bugun bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Jumanazarovga ko‘ra, jarohatlanganlarning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolajalarni uyida davom ettirishga ruxsat berilgan. Hozirda shifoxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda va og‘ir ahvolda bo‘lganlari ham bor.
“Jumladan jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor. Masalan, Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Qo‘riqlash boshqarmasi safdori ko‘krak kismidan o‘q otar jarohat olgan, shu boshqarma yana bir safdori chap oyoq boldiri suyagi yopiq sinishi, bir nafari Jizzax Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi bosh miya ochiq jarohati hamda Toshkent shahri Milliy gvardiya boshqarmasi serjanti bosh miya ochiq jarohati bilan davolanishapti”, dedi Davron Jumanazarov.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, 1-2 iyul kunlari tartibsizliklarda qatnashgani uchun voqea joylarda ushlangan 516 nafar fuqaro IIBga topshirilgan, ular bilan surishtiruv ishlari olib borilyapti, surishtiruv natijasiga ko‘ra ayrimlari ma’muriy chora qo‘llanilgandan so‘ng qo‘yib yuborilmoqda.
Prezident farmoni bilan favqulodda holat elon qilingandan so‘ng, 3-iyuldan 4-iyulga o‘tar kechasi komendantlik tartibini buzgan, ko‘chalarda bemaqsad yurgan 110 nafar fuqaro ushlanib, ichki ishlar idoralariga topshirilgan. 12 ta avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.
Xususan, Nukus shahrida patrullik xizmati davomida komendantlik soatiga rioya qilmagan 58 nafarshaxs ushlangan. Shundan, 28 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 204-moddasi (favqulodda xolat tartibining talablarini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Qolganlar bilan prrofilaktika suhbatlar o‘tkazilib, soat 7:00 dan keyin qo‘yib yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0