Samarqandda turizm koʻchalarini bogʻlovchi yangi taksi yoʻnalishi ochildi
14:34 04.07.2022 (yangilandi: 17:37 04.07.2022)
© Ministerstvo turizma i kulturnogo naslediya UzbekistanaV Samarkande zapuщeno novoye marshrutnoye taksi

Yangi yoʻnalish Registon maydonidan boshlanib, Bozorov koʻchasida yakunlanadi.
TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Samarqand shahrida turizm koʻchalarini bir-biri bilan bogʻlovchi yangi taksi yoʻnalishi ochildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, Samarqand shahridagi turizm koʻchalarini bir-biri bilan yangi 1-sonli “Registon maydoni – Bozorov koʻchasi” taksi yoʻnalishi bogʻlaydi.
“Registon maydonidan boshlangan yoʻnalish Registon, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, Oʻzbekiston, A.Jomiy, A.Temur, Shohrux Mirzo, Mirzo Ulugʻbek, Ogahiy nomi bilan ataluvchi koʻchalar orqali "Bozorov" koʻchasida yakunlanadi”, deyiladi xabarda.
Ushbu yoʻnalishda Changan MIDIBUS G60 rusumli transport vositalari yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Yoʻl haqi 3000 soʻmni tashkil qiladi.